Narkotahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha Samarqandda o‘tkazilayotgan xalqaro forum doirasida Saida Mirziyoyeva Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus bilan uchrashdi.
Muloqotda O‘zbekiston va JSST o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar, raqamli tibbiyot samaradorligini oshirish, farmatsevtika bozorini tartibga solishni takomillashtirish hamda mintaqaviy aloqalarni kengaytirishga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida giyohvandlikka chalinganlarni davolash va reabilitatsiya qilish yo‘nalishida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!