$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

Samarqand, Jizzax va Andijon viloyatlarida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

17:07 / 13.08.2022

Samarqand, Jizzax va Andijon viloyatlarida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi  Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidantezkor tadbir o‘tkazilgan. Ushbu tadbir davomida  aniqlanishicha, fuqaro Sh.Sh. boshqa bir fuqaro Sh.ga Qozog‘iston Respublikasidagi universitetning 1-kursini tamomlaganligi haqida hujjat tayyorlab berib, keyinchalik ushbu hujjat asosida Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Buning evaziga esa undan 4 000 AQSh dollari so‘ragan.

Shundan so‘ng, fuqaro Sh.Sh kelishilgan pullarni olgan vaqtida huquq tartibod organi xodimlari tomonidan  ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan F.S. fuqaro Z.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida 2 000 AQSH dollari evaziga Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgani aniqlangan. Shundan keyin, fuqaro F.S oldindan 5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilib, Paxtaobod tumanidagi Abu Ali ibn Sino jamoat salomatligi texnikumi talabasi O.D. fuqaro G.ning farzandini tanishlari yordamida ushbu texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

 


Bu ham qiziq

Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaş yiğilişida mamlak…
14:56 / 19.11.2026
AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

Özbekistonda AI-80 markali benzin birja savdolariga çiqarildi. Biroq uşbu mahsulot avtomobillarga yoqilği sifatida quyiş şox…
14:50 / 20.11.2026
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017-yildan buyon uch barobar o‘sdi

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017-yildan buyon uch barobar o‘sdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – Turkiya biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengash yig‘ilishi…
13:59 / 19.11.2026
Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 2026-yilning yanvar-oktabr oylarida korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim bilan mehnat şartnomasi bekor qilin…
09:49 / 20.11.2026
Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan özbek tilidagi 6 milliardga yaqin sözni öz içiga olgan yirik oçiq matnli ma’lumot…
11:29 / 20.11.2026
Özbekistonda banklar mijozlarga naqd pul berişni uzluksiz ta’minlaşi şart

Özbekistonda banklar mijozlarga naqd pul berişni uzluksiz ta’minlaşi şart

Özbekistonda aholi va tadbirkorlarning naqd pul oliş huquqini kafolatlovçi yangi tartib joriy etiladi. Unga köra, banklar fu…
16:18 / 19.11.2026
Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekistonda 2030-yilga qadar oltin qazib oliş hajmini 175 tonnaga, kumuş işlab çiqarişni 500 tonnaga, mis işlab çiqariş quv…
14:06 / 19.11.2026
Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş sanoatida xomaşyodan töliq foydalaniş va işlab çiqariş çiqindilarini qayta işlaş böyiça yangi tal…
15:38 / 20.11.2026
Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Prezident Şavkat Mirziyoyev quriliş materiallari sanoatidagi natijalar va yangi eksport imkoniyatlariga töxtalib, yaqin yill…
15:08 / 20.11.2026
Jizzaxdagi AES qurilişi uçun 2,2 milliard dollarlik quriliş materiallari talab etiladi

Jizzaxdagi AES qurilişi uçun 2,2 milliard dollarlik quriliş materiallari talab etiladi

Özbekistonda yirik strategik loyihalarni mahalliy quriliş materiallari bilan ta’minlaş böyiça yangi vazifalar belgilandi. Xu…
15:26 / 20.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!