Ijtimoiy tarmoqlarda ayanchli yo‘l-transport hodisasi tasvirlangan videolavha tarqaldi. Unda Nexia-3 avtomobili boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilib yonib ketganini ko‘rish mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 2023-yil 16-oktyabr kuni soat 01:47 da Samarqand shahri Sadriddin Ayniy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Mashinani 17 yoshli o‘smir boshqargan va uning yonida ikki nafar o‘rtog‘i ham bo‘lgan.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, haydovchi hodisa joyida halok bo‘lgan.
Uning yonida bo‘lgan ikki kishi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan. Biroq ular shifokorlarning muolajalariga qaramasdan vafot etgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!