$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
18° Kechasi 12°

Samarqanddagi bolani otasi urmaganligi aniqlandi

11:29 / 16.12.2023

Samarqanddagi bolani otasi urmaganligi aytilmoqda. Videodagi gaplar bolaga o‘rgatilgan bo‘lib chiqdi. Hozirda videoni tarqatganlarga chora ko‘rish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Avvalroq, Samarqandda yosh bola ayanchli kaltaklangani, oqibatida ko‘zi jarohatlangani haqida xabarlar tarqalgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda bolakay uni otasi urganini aytgandi.

Viloyat IIBning xabar berishicha, aslida hodisa 29-oktyabrda sodir bo‘lgan. Video esa kuni kecha ijtimoiy tarmoqqa tarqatilgan. Aniqlanishicha, bolakay 29-oktyabrda otasi tomonidan otasining yashash uyiga olib ketilgan. O‘sha kuni u ko‘chada o‘ynayotgan vaqtida yiqilib, tan jarohati olgan. 

Bolani aynan otasi shifoxonaga olib kelgan. Shuningdek, voqeaga guvoh bo‘lgan qo‘shni erkak ham bola haqiqatda yiqilib tushganini ma’lum qilgan. Bolaning otasining aytishicha, videoni qaynonasi ya’ni, bolaning buvisi ataylab chiqargan.

“Bola yiqilgan. Ko‘rganlar, guvohlar bor. Qaynonam o‘rtaga tushib, shu ishlarni qilgan. Ular tuhmat qilishyapti”, — deydi bolaning otasi. 

Ma’lum bo‘lishicha, u ayoli bilan bir yil avval ajrashgan. Bola onasi bilan birga yashaydi. Ammo, bolaning buvisi otasi urganligini aytmoqda. Sababi, turmushi davomida uning qizini ham muntazam kaltaklab kelgan.

“Nevaramdan so‘rasam, ”Dadam urdi. Men urganimni hech kimga aytma. Agar aytsang, militsiya seni qamaydi, deb qo‘rqitdi", dedi. Keyin, men qo‘rqma, to‘g‘risini ayt bolam, desam ham dadam urgan, deyapti. Qizim kuyovim bilan 8 yil yashadi. Har haftada ikki, uch marta vahshiylarcha kaltaklardi. Videoni biz olganmiz, rost. Lekin, uni tarqatib yubormaganmiz. Kim tarqatganini bilmadim”, — deydi bolaning buvisi.

Viloyat IIB xabar berishicha, guvohlarning ko‘rsatmalari va ekspertiza xulosasiga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qonuniy qaror qabul qilingan.

 


Bu ham qiziq

Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Natijada unga qo‘shimcha ovqat berish zarurati tug‘iladi.
10:22 / 19.05.2024
Yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

Yo‘lovchi poyezdlar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

2-iyundan 22-iyungacha Toshkent Markaziy vokzali va “To‘qimachi” bekatlari oralig‘ida modernizatsiya ishlari olib borilishi …
09:21 / 19.05.2024
Ukraina Rossiyani yoqilg‘isiz qoldirdi

Ukraina Rossiyani yoqilg‘isiz qoldirdi

Dronlarning zarbalari mahalliy yoqilg‘i narxini oshirdi, ammo elektr energiyasi ishlab chiqarishga minimal ta’sir ko‘rsatdi.
16:59 / 18.05.2024
O‘zbekistonda  Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi

O‘zbekistonda  Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi

Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma’lum qildi.
13:14 / 18.05.2024
Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Bugun, 18-may kuni Afg‘onistonda kuzatilgan kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida viloyat markazi Feroz-Kohda 2000 ta …
16:57 / 18.05.2024
Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagi tarkibidagi shakar tezda qonga so‘riladi, natijada uning keskin ko‘tarilishi kuzatiladi.
14:53 / 18.05.2024
Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Soat 10:00 holati boʻyicha mamlakatimiz boʻylab yuz berayotgan kuchli yomgʻir va shamol natijasida 6-10 kVli 190 ta fider 27…
11:55 / 18.05.2024
Qaysi hududda qurilish korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

Qaysi hududda qurilish korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

Bu haqda, Statistika agentligi ma'lumot berdi.
10:15 / 19.05.2024
Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Ayniqsa, Saar o‘lkasining ma’muriy markazi va xuddi shu nomdagi Saarbryukken shahri zarar ko‘rdi.
17:23 / 18.05.2024
Chiroyli avtoraqamlar sotuvi 3,2 barobarga oshgan

Chiroyli avtoraqamlar sotuvi 3,2 barobarga oshgan

Joriy yilning 17-may kuni “O‘zbekiston respublikasi tovar-xomashyo birjasi faoliyatining 2024-yil 1-chorak yakunlari” mavzus…
11:06 / 19.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!