$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev DXX harbiy ta’lim muassasalari majmuasini borib ko‘rdi (foto)

22:58 / 07.01.2022

Shavkat Mirziyoyev 7-yanvar kuni Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Temurbeklar maktabi uchun Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yangi bino qurilgan. Tashrif chog‘ida Prezidentga harbiy-akademik litseydagi o‘qitish tizimi haqida ma’lumot berilgan.

Davlat rahbari 2020-yil oktyabrda bu yerga kelganida hamda Xavfsizlik kengashining 2021-yilgi yig‘ilishida harbiy ta’limni takomillashtirish, yoshlarni O‘zbekiston tarixi va ajdodlar jasorati asosida vatanparvar etib tarbiyalash bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.

Temurbeklar maktabida o‘qish shunday tashkil etilgan. Buning uchun beshta kafedra: aniq fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, xorijiy tillar, psixologiya va tarbiya fanlari hamda kasbiy-amaliy fanlar kafedralari ochilgan. Ularga yuqori malakali pedagoglar ochiq tanlov asosida qabul qilingan.

Litsey tarix fani va xorijiy tillarga ixtisoslashgan. 2021/2022 o‘quv yilida 5 ming 600 nafar talabgordan eng bilimli 100 nafari saralab olingan. Bugungi kunda 220 nafar o‘quvchi saboq olmoqda.

Prezident lingafon, psixodiagnostika va ma’naviyat xonalarini kirib ko‘rgan. Amir Temur merosini o‘rganish markazida yoshlar bilan suhbatlashgan.

“Mana shunday ilg‘or maktabda o‘qiyotganingiz bilan sizlarni, ota-onalaringizni tabriklayman. Sizlar yangi O‘zbekistonning qanotisizlar. Bu qanotlar nima bilan kuchli bo‘ladi? Bilim bilan! Kamida ikki-uchta tilni, aniq fanlarni va tariximizni mukammal bilishingiz kerak. Mana, bu maktabda psixologiya fanini ham kiritdik, uniyam yaxshi o‘rganing. Sizlarda hamma imkoniyat bor”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerda videokonferensiya orqali Toshkent, Nukus, Farg‘ona va Shahrisabz shaharlaridagi Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan ham muloqot bo‘lgan. Ushbu maktablar o‘quvchilari o‘rtasida ma’naviyat bo‘yicha tanlov o‘tkazish, Temur tuzuklarining har bir tuzugi bo‘yicha ilmiy sharhlar yozish muhimligi ta’kidlangan.

Davlat rahbari litsey kutubxonasida ham bo‘lgan. U yerda kitob o‘qib o‘tirgan yigitlar ta’lim maskanida yaratilgan sharoitlar, o‘quvchilar o‘rtasidagi do‘stona muhit haqida so‘zlab bergan. Ular orasida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari ham bor.

“Mamlakatimizda hech bir bola e’tibordan chetda qolmaydi, hammasining rivojlanishi uchun sharoit yaratayapmiz. Faqat qaysi yosh o‘zini qiynab, vaqtini bekor o‘tkazmay, ko‘proq bilim olsa, kelajakda muvaffaqiyatga erishadi. Hamma buyuklik niyatdan keladi, mehnatdan keladi”, — dedi Prezident.

Litseyning o‘quv binosi, sport zali, yotoqxona, oshxona, tibbiy xizmat markazida eng zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, majmua harbiy mashg‘ulotlar maydoni, stadion, suv havzasi, avtodrom va plasni o‘z ichiga olgan.

Prezident Amir Temur nomidagi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasidagi sharoitlarni ham ko‘zdan kechirgan.


Bu ham qiziq

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!