$
12920.48 UZS
-7.79
130.17 UZS
0.51
13436.01 UZS
-26.2
Kechasi -1°

Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etdi

20:16 / 26.12.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Sankt-Peterburg shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etdi.

Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan raisligida (onlayn formatda) o‘tgan bu galgi uchrashuvda Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, shuningdek, YEOII huzuridagi kuzatuvchi mamlakat – Eron Islom Respublikasi sanoat, konlar va savdo vaziri Said Muhammad Otabak ham qatnashdi. Kuba Respublikasi Prezidenti Migel Dias-Kanel  ishtirokchilarga videomurojaat yo‘lladi.

Kun tartibidan ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish masalalari o‘rin oldi.

O‘zbekiston Prezidenti so‘zining avvalida so‘nggi yillarda mamlakatimiz kuzatuvchi sifatida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan 22 ta yo‘nalishda samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yganini ta’kidladi.

2024-yilda O‘zbekistonning ittifoq mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 11 foizga oshdi. Oktyabr oyida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan savdo, sanoat, moliya, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa sohalarda 40 ga yaqin chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan yangi uch yillik hamkorlik rejasi qabul qilindi.

O‘zbekiston, shuningdek, YEOIIning savdo va yuk tashishni raqamlashtirish, elektron tijoratni joriy etish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish sohasidagi qator tarmoq dasturlarida faol ishtirok etmoqda.

Kelgusi yil mart oyida qo‘shma Ishchi guruhining to‘rtinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Davlatimiz rahbari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga alohida to‘xtaldi.

Xususan, Prezidentimiz o‘zaro savdodagi savdo to‘siqlarini bosqichma-bosqich bartaraf etishga chaqirdi. Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekiston va YEOII davlatlari o‘rtasidagi savdoda tarif va notarif cheklovlarni qo‘llamaslik masalasini ekspertlar darajasida ishlab chiqish taklif etildi.

Amaliy harakatlar rejasini qabul qilgan holda, yaqin kelajakda texnik jihatdan tartibga solish tizimlarini yaqinlashtirish bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazishga tayyorlik bildirildi.

O‘zbekiston yetakchisi tadbir yakunida imzolanayotgan Yagona bojxona tranziti tizimi to‘g‘risidagi bitimda mamlakatimizning ishtirok etishi, shuningdek, bojxona chegaralari orqali olib o‘tilayotgan tovarlar va transport vositalari to‘g‘risida elektron ma’lumotlar almashinuvini tez fursatda joriy etish tarafdori ekanini ta’kidladi.

Sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va vositalariga qo‘shilishdan manfaatdorlik bildirildi.

- Qo‘shma loyihalarni ilgari surish uchun ishonchli moliyaviy manbalarni shakllantirish maqsadida kelgusi yil boshida tartib-taomillarni yakunlab, Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqdamiz, - dedi Prezidentimiz.

Biznesni yanada faol jalb qilish va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida YEOII Ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishini 2025-yil aprel oyida Toshkent shahrida o‘tkazish taklif etildi.

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida tizimli hamkorlik qilish muhimligi qayd etildi. Mamlakatimizni YEOIIning integratsiyalashgan axborot tizimiga va "Raqamli ittifoq" loyihasiga ulash tashabbusi ilgari surildi.

Agrar sohada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berishni yengillashtirish, innovatsion agrosanoat loyihalarini amalga oshirish va ilmiy ishlanmalarni joriy etishga qaratilgan kooperatsiya dasturini tayyorlash taklif etildi.

Sayyohlik almashinuvlarini rag‘batlantirish maqsadida davlatimiz rahbari YEOII davlatlari fuqarolariga O‘zbekistonga ichki hujjatlar bilan kirish imkonini beruvchi tartibni joriy etishga tayyorligini bildirdi.


O‘zbekiston


														
														2024-yilda 1,4 trillion so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilindi

2024-yilda 1,4 trillion so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilindi

Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” ma’lum qildi.
10:07 / 27.12.2024

														
														27-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

27-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi -1 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.
23:02 / 26.12.2024

														
														Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etdi

Kun tartibidan ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qo‘llab-qu…
20:16 / 26.12.2024

														
														Sergeli tumanining ayrim hududlari elektr ta’minotidan vaqtinchalik uziladi

Sergeli tumanining ayrim hududlari elektr ta’minotidan vaqtinchalik uziladi

Ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan vaqtdan erta yakunlanishi mumkinligi aytilmoqda.
18:31 / 26.12.2024

														
														Qozog‘istondan O‘zbekistonga neft mahsulotlari tashiladigan 450 metrlik maxfiy tunnel topildi

Qozog‘istondan O‘zbekistonga neft mahsulotlari tashiladigan 450 metrlik maxfiy tunnel topildi

Aniqlanishicha, ushbu tunneldagi quvur orqali har kuni 7 tonnagacha yoqilg‘i-moylash materiallari tashilgan.
17:24 / 26.12.2024

														
														Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish yo‘riqnomasi tasdiqlandi

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish yo‘riqnomasi tasdiqlandi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining 19.12.2024-yildagi 3586-son buyrug‘i bilan “Atmosfer…
15:39 / 26.12.2024

														
														27-dekabrdan Zominga aviaqatnovlar tiklanadi

27-dekabrdan Zominga aviaqatnovlar tiklanadi

Toshkent – Zomin – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha US1001/1002 muntazam reyslari 27-dekabrdan qayta tiklanadi.
15:20 / 26.12.2024

														
														Mirziyoyev Aliyevga chuqur hamdardlik bildirdi

Mirziyoyev Aliyevga chuqur hamdardlik bildirdi

Muloqotda davlatimiz rahbari Ozarbayjon yetakchisi orqali halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardl…
15:17 / 26.12.2024

														
														Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti Oliy Majlisga taqdim etildi

Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti Oliy Majlisga taqdim etildi

Jinoyat ishi doirasida sudgacha qamoqqa olingan jami 168 nafar shaxsning 107 nafari (2 nafar ayol) Komissiya iltimosnomasiga…
14:55 / 26.12.2024

														
														Andijondagi xonadonlardan biriga o‘t ketdi

Andijondagi xonadonlardan biriga o‘t ketdi

Bu haqda, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
14:47 / 26.12.2024

Bu ham qiziq

Bashar Asadning rafiqasi izolyatsiyaga olindi

Bashar Asadning rafiqasi izolyatsiyaga olindi

Bu haqda Britaniyaning “The Telegraph” gazetasi ma’lum qilmoqda.
10:37 / 26.12.2024
Sudanda 24 mln kishi ocharchilikdan aziyat chekmoqda

Sudanda 24 mln kishi ocharchilikdan aziyat chekmoqda

Odamlar tobora kuchdan qolyapti va nobud bo‘lmoqda, chunki ular oylab oziq-ovqatdan mahrum.
14:24 / 26.12.2024
Mirziyoyev Sankt-Peterburgda MDH a’zolarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

Mirziyoyev Sankt-Peterburgda MDH a’zolarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

Uchrashuvda 2024-yildagi birgalikdagi ishlarning asosiy yakunlari sarhisob qilingan va ko‘p tomonlama hamkorlikning kelgusi …
18:20 / 25.12.2024
“2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartirishlar kiritildi

“2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartirishlar kiritildi

Innovatsion va yuqori texnologiyali sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish uchun mablag‘lar ajratilishini …
11:26 / 26.12.2024
O‘zbekiston futzal federatsiyasi tashkil etildi

O‘zbekiston futzal federatsiyasi tashkil etildi

BMB Holding rahbari, BMB futzal jamoasi asoschisi Bekzod Mamatqulov yangi tashkil etilgan O‘zbekiston futzal federatsiyasi p…
22:15 / 25.12.2024
26-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

26-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 26 dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib …
18:02 / 25.12.2024
Kutib oling: Tesla’dan rulsiz elektromobil

Kutib oling: Tesla’dan rulsiz elektromobil

Tesla Los-Anjelesda elektromobilining yangi modeli taqdimotini o‘tkazdi. Bu modelning nomi Cybercab bo‘lib, rul va pedallar …
12:37 / 26.12.2024
Chery brendi O‘zbekistonda ikki yilligini nishonladi: yangi Tiggo 2 Pro modeli taqdimoti va dilerlik konferensiyasi

Chery brendi O‘zbekistonda ikki yilligini nishonladi: yangi Tiggo 2 Pro modeli taqdimoti va dilerlik konferensiyasi

ADM Global va Chery brendi yangi Tiggo 2 Pro kompaniyaning O‘zbekiston bozoridagi ikki yillik tarixining muvaffaqiyatli davo…
09:15 / 26.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etdi

Kun tartibidan ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qo‘llab-qu…
20:16 / 26.12.2024
2024-yilda 1,4 trillion so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilindi

2024-yilda 1,4 trillion so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilindi

Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” ma’lum qildi.
10:07 / 27.12.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!