Bugun, 26-dekabr kuni Andijon viloyatidagi xonadonlarning birida yong‘in chiqdi. Bu haqda, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 11:32 da Andijon shahar “Islomobod” MFY Mirpo‘stin ko‘chasida joylashgan fuqaro I.T.ning yashash uyida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida viloyat FVBga xabar kelib tushgan. Soat 11:37 da aytilgan manzilga yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan va soat 12:13 da sodir bo‘lgan yong‘in batamom o‘chirilgan.
Qayd etilishicha, ushbu yong‘in natijasida yashash uyining 120 kv.m maydonda shift tom qismi va uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlangan.
Hozirda yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar aniqlanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!