Suriya sobiq prezidenti Bashar Asadning 49 yoshli rafiqasi leykemiya (qon saratoni) tufayli izolyatsiya qilingan. Uning tiklanish ehtimoli 50/50 ga baholangan. Bu haqda Britaniyaning “The Telegraph” gazetasi ma’lum qilmoqda.
Nashrning suhbatdoshlari Asma og‘ir ahvolda ekanligi haqida xabar berishgan. Ushbu infeksiyaning oldini olish uchun qattiq izolyatsiya talab qilinadi.
Suriya va Britaniya fuqaroligiga ega bo‘lgan Asma Asad erining Suriyadagi rejimi ag‘darilgandan keyin davolanish uchun Moskvaga kelgan.
Qayd etilishicha, kasallik tashxisi 2024-yilning may oyida qo‘yilgan. Bu Asmaning birinchi jiddiy kasalligi emas. Ilgari u ko‘krak bezi saratoni bilan ham davolangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!