2024-yil davomida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 8 ming 289 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Elektr energiyasi bo‘yicha 730,1 mlrd so‘mlik va tabiiy gaz bo‘yicha 679,1 mlrd so‘mlik resurs talon-toroj qilingan. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, qonunbuzarliklar oqibatida davlat manfaatlariga 1 trillion 409 milliard so‘m zarar yetkazilgan. Jumladan, elektr energiyasi bo‘yicha 730,1 mlrd so‘m ( 91 ta mayning fermasi, 184 ta AGTKSh, 1422 ta suv nasosi) va tabiiy gaz bo‘yicha 679,1 mlrd so‘mlik (57 ta AGTKSh, 64 ta issiqxona, 5 ta oxak sexi) energiya resurslari talon-toroj qilingan. Qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan 51 ta AGTKSh litsenziyasi bekor qilingan.
Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 9 ming 84 ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan.
AYOQSh va korxonalardan olingan tahlil namunalaridan 189 ta holatda 5 mln 348 ming litr neft mahsuloti sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishi oldi olingan.
Quvvati 50 kVt va undan yuqori bo‘lgan iste’molchilarga berilgan ko‘rsatmalar davomida 25 ming 730 ta iste’molchida reaktiv energiyasini kompensatsiya qilish bo‘yicha qurilmalarni o‘rnatilishi ta’minlangan. Natijada 26 ta nimstansiya va 671 ta tarmoqda quvvat koeffitsiyenti ko‘tarilishiga erishilgan. Shuningdek, berilgan ko‘rsatmalarni bajarmagan 1 ming 523 ta iste’molchiga ma’muriy bayonnoma tuzilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!