$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev Olmaliqdagi mis boyitish fabrikasi qurilishini borib ko‘rdi

19:27 / 22.12.2021

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 3-mis boyitish fabrikasi qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi fabrikada ruda omborlari, maydalash, yanchish va flotatsiya binolari, gidrometallurgiya sexi, ta’mirlash ustaxonalari, chiqindi xo‘jaligi va boshqa obyektlar bo‘ladi. Ish jarayoni zamonaviy uskunalar yordamida boshqariladi. Bu inson omilini kamaytirib, mahsulot sifati va ish xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ta’kidlanishicha, kombinatning JORC kodeksi bo‘yicha baholangan mis resurslari 45 million tonnani, oltin resurslari esa 5 ming tonnadan ziyodni tashkil etadi. Bunga asoslanib, 2030 yilda mis ishlab chiqarish hajmini 515 ming tonnaga, oltinni 52 tonnaga, kumushni 343 tonnaga olib chiqish bo‘yicha konsepsiya tayyorlangan. Buning evaziga kombinatning yillik ishlab chiqarish hajmini 8 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Tashrif davomida kombinatni transformasiya qilish doirasida boshqaruv, ishlab chiqarish va logistika jarayonlarini raqamlashtirish, operasion samaradorlikni oshirish zarurligi ta’kidlangan.

“Eng asosiysi, kelgusi ikki yilda kombinatda zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etib, uni davlat yordamisiz ishlay oladigan, dunyoning yetakchi metallurgiya kompaniyalaridan biriga aylantirish asosiy vazifa bo‘lishi kerak”, — degan Prezident.

Davlat rahbari 3-mis boyitish fabrikasini qurish bilan parallel ravishda 4-fabrikani ham loyihalashtirish muhimligini ta’kidlagan. Buning natijasida rudani qayta ishlash hajmi 160 million tonnaga yetib, 3 martaga ko‘payishi mumkin.

Qayd etilishicha, misni qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha qiymati 76 million dollarlik 22 ta loyiha shakllantirilgan. Shuningdek, Prezidentning Janubiy Koreyaga davlat tashrifi chog‘ida Toshkent viloyatida Yarimo‘tkazgichlar va elektronika klasterini tashkil etishga kelishilgan.

Davlat rahbari shu boradagi ishlarni jadallashtirib, elektr texnikasi, energetika, avtomobil sanoati uchun talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan. Bundan tashqari, shu yerda mahalla raislari, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan ham muloqot bo‘lgan.

“Kombinatni, albatta, zo‘r qilamiz. Lekin avvalo odamlar rozi bo‘lishi kerak. Uyi yaxshi, suvi chuchuk, elektri o‘chmaydigan, ishi daromadli bo‘lishi lozim. Buning uchun mahallada qanday muammolar borligini, ularni hal qilib, odamlarga sharoit yaratish uchun nima kerakligini sizlar aytishingiz zarur. Shuning uchun ochiq muloqot qilsak, foydali bo‘ladi”, — degan Shavkat Mirziyoyev.

Hokim yordamchilari o‘zlari mas’ul bo‘lgan mahallada ishsizlikni kamaytirish, tadbirkorlik va tomorqachilikni rivojlantirish, yoshlarni sportga jalb etish bo‘yicha rejalarini so‘zlab bergan. Prezident ularga ishonch bildirib, takliflarini qo‘llab-quvvatlagan.


Bu ham qiziq

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!