$
12694.97 UZS
40.84
161.60 UZS
0.42
14878.50 UZS
60.51
37° Kechasi 24°

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istondagi voqealarga munosabat bildirdi

17:57 / 13.01.2022

Shavkat Mirziyoyev ayni paytda davom etayotgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Qozog‘istondagi voqealarga munosabat bildirdi. Bu haqida Prezident matbuot kotibi xabar berdi.

“So‘nggi kunlarda biz uchun yaqin qo‘shni va qardosh bo‘lgan Qozog‘iston Respublikasida sodir bo‘lgan voqealar hammamizni jiddiy tashvishga soldi. Biz ming yillar davomida qozoq xalqi bilan yaqin qo‘shni bo‘lib, birgalikda yonma-yon yashab kelganmiz. Bizni umumiy tarix, urf-odat va madaniyat bog‘lab turadi. Kelajagimiz ham o‘zaro chambarchas bog‘liqdir.

Shu kunlarda men Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jo‘mart To‘qayev bilan bir necha bor telefon orqali muloqot qildim. O‘zbekiston xalqi nomidan butun Qozog‘iston eli va rahbariga barqarorlik hamda farovonlikni ta’minlash borasidagi barcha sa’y-harakatlarini qat’iy qo‘llab-quvvatlashimizni bildirdim.

Fursatdan foydalanib, ushbu voqealarda qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va barcha yaqinlariga yana bir bor chuqur ta’ziya va hamdardlik izhor qilaman. Jabrlangan insonlar ham tez orada sog‘ayib ketishiga tilakdoshman.
Yaratganga shukurki, qo‘shni mamlakatdagi vaziyat asta-sekin o‘z iziga tushib bormoqda, davlat tuzilmalari va ijtimoiy muassasalar o‘z faoliyatini qayta tiklamoqda, odamlar osoyishta hayotga qaytmoqda.

O‘z o‘tmishida ko‘plab murakkab sinovlarni boshidan kechirgan donishmand qozoq xalqi bu og‘ir kunlarni ham tez orada mardona yengib o‘tishiga hamda yanada yakdil va hamjihat bo‘lishiga ishonaman”, – degan Shavkat Mirziyoyev.


Bu ham qiziq

Temiryo‘l chiptalari sotuvida ortiqcha undirilgan to‘lovlar qaytariladi

Temiryo‘l chiptalari sotuvida ortiqcha undirilgan to‘lovlar qaytariladi

“Temiryo‘lda yo‘lovchi tashish xizmatlari bo‘yicha qo‘mita chiqargan qaror sud instansiyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi …
15:36 / 30.06.2025
Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Eron uranni boyitish huquqiga ega va bu faoliyatni to‘xtatishni rejalashtirmayapti.
09:46 / 30.06.2025
Donald Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

Donald Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp, may oyi o‘rtalarida Suriyaning yangi yetakchisi Ahmad ash-Sharaa bilan uchrashuvi oldidan berg…
11:06 / 01.07.2025
29-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

29-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

29-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol …
15:05 / 28.06.2025
Putin Rossiya harbiy xarajatlarini kamaytirish niyatida

Putin Rossiya harbiy xarajatlarini kamaytirish niyatida

Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
15:03 / 29.06.2025
Ozarbayjon Rossiyada fuqarolarining vafot etishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Ozarbayjon Rossiyada fuqarolarining vafot etishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Bu haqda Ozarbayjon Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib, Qafqazinfo xabar berdi.
16:51 / 01.07.2025
Eron AQSh hujumlarini zaif deb hisoblaydi

Eron AQSh hujumlarini zaif deb hisoblaydi

Gazeta bu ma’lumotni AQSh maxsus xizmatlariga yaqin bo‘lgan to‘rt manbasiga tayanib bergan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, avia…
14:26 / 30.06.2025
G‘azoda Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

G‘azoda Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

Bu haqda Quds news network xabar berdi.
15:56 / 28.06.2025
1-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
16:22 / 30.06.2025
Mirziyoyev: “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida yangi tarix yaratadigan oltin avlodsiz!”

Mirziyoyev: “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida yangi tarix yaratadigan oltin avlodsiz!”

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlarini Yoshlar kuni bilan tabrikladi.
12:44 / 30.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!