$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev YeOII ishtirokida Turizm industriyasini rivojlantirish forumini o‘tkazish taklif qildi

19:34 / 27.05.2022

Shavkat Mirziyoyev 27-may kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yig‘ilishida tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat rahbari sifatida ishtirok etdi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov raisligida videoanjuman shaklida o‘tgan tadbirda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) huzuridagi kuzatuvchi mamlakat – Kuba prezidenti Migel Bermudes va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Mixail Myasnikovich ham qatnashdi.

Yig‘ilish kun tartibidan YeOII makonida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish, shu jumladan iqtisodiyot, savdo, sanoat, transport va boshqa yo‘nalishlarda amaliy sheriklikni mustahkamlash masalalari o‘rin oldi.

O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqining avvalida Qirg‘iziston YeOIIga raislikni faol amalga oshirayotgani, bu tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilayotganini qayd etdi.

Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan pandemiyaning salbiy oqibatlari yumshatilgani hamda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikda ijobiy sur’at ta’minlanayotgani ta’kidlandi. Xususan, O‘zbekistonning YeOII bilan tovar ayirboshlash hajmi 2021-yilda 30 foizga, joriy yil boshidan esa yana 33 foizga oshdi. YeOII mamlakatlaridan jalb qilinayotgan investisiyalarning yillik o‘sishi qariyb 25 foizni tashkil etmoqda.

Dunyoda ro‘y berayotgan shiddatli o‘zgarishlar va mamlakatlar barqarorligi uchun jiddiy xatarga aylangan inqirozli hodisalarni qayd etib, O‘zbekiston rahbari birgalikda yechim topishni taqozo etayotgan eng dolzarb vazifalarni ko‘rsatib o‘tdi.

Prezident O‘zbekiston va YeOII mamlakatlari o‘rtasidagi savdoda texnik to‘siqlarni bartaraf etishni davom ettirish va sertifikatlashtirishni o‘zaro tan olishga chaqirdi. Bu tovarlarning bozorlarimizga kirib borishini ancha soddalashtirishga xizmat qiladi. 

Birgalikda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish orqali agrosanoat kooperatsiyasini kengaytirish alohida dolzarb ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Bu boradagi natijadorlikni oshirish maqsadida hududlararo aloqalarni faollashtirishni nazarda tutadigan Agrokooperatsiya dasturini ishlab chiqish taklif qilindi.

O‘zbekiston yetakchisi muqobil transport yo‘laklarini yanada rivojlantirish hamda Janub va Sharq yo‘nalishida transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash zarurligiga e’tiborni qaratdi. Shu munosabat bilan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bozorlariga chiqish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadigan O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy temir yo‘lini barpo etish loyihasini amalga oshirishni tez fursatda boshlash muhim ekani ta’kidlandi.

Termiz shahridan Pokistonning Peshovar shahrigacha Janubiy Osiyo va uning ikki milliard nafar iste’molchiga ega bozoriga chiqish uchun eng qisqa yo‘lni ta’minlaydigan transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirishda hamkorlik qilishga tayyorlik bildirildi.

Davlat rahbari mamlakatlarning innovatsion salohiyatidan yanada samarali foydalanish hamda tadbirkorlar o‘rtasida, eng avvalo, yuqori texnologiyalar sohasida sanoat kooperatsiyasini amalga oshirishning yangi shakllarini rivojlantirish tashabbusini ilgari surdi.

Iqtisodiy taraqqiyotning tabiiy drayveriga aylanishi lozim bo‘lgan turizm sohasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish, shuningdek, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yo‘lovchi transporti qatnovini to‘liq hajmda tiklash zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

Davlat rahbari O‘zbekistonda YeOII mamlakatlarining yetakchi kompaniyalari ishtirokida Turizm industriyasini rivojlantirish forumini o‘tkazish taklifini ilgari surdi.

Prezident o‘z nutqining yakunida O‘zbekistonning mamlakatlar barqaror taraqqiyotini ta’minlash va farovonligini yuksaltirish maqsadida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik va ko‘p qirrali sheriklikni izchil mustahkamlashga intilishi qat’iy ekanini yana bir bor tasdiqladi.


Bu ham qiziq

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!