Toshkent shahrida qurilish maydonlarida ekologik me’yorlarga rioya etilishini ta’minlash maqsadida doimiy “Nazorat guruhlari” tashkil etilib, reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu tezkor guruhlarning asosiy vazifasi – atrof-muhitni ifloslantirish holatlariga chek qo‘yishdir.
Avvalroq, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi, “Maxsus komissiya” rahbari Aziz Abduhakimov brifingda Ekologiya milliy qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar vazirligining 300 dan ortiq mutaxassislaridan iborat 30 ta ishchi guruh tashkil etilganini ma’lum qilgan edi.
Davlat rahbarining shaxsan nazorati ostida ekologik vaziyatni yaxshilash borasida olib borilayotgan qat’iy harakatlar o‘z natijasini bera boshladi. Atrof-muhitga zarar yetkazayotgan issiqxonalar, korxonalar, qurilish obyektlari faoliyatiga chek qo‘yilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!