Afg‘oniston ko‘miri bundan buyon Pokistonga emas, O‘zbekistonga eksport qilinadi. O‘zbekiston ko‘mirning asosiy xaridoriga aylanadi va buning evaziga Afg‘onistonga yuqori sifatli sement hamda dori-darmon mahsulotlarini yetkazib bermoqchi.
Bu haqda Balx viloyati hokimi vakili Hoji Zayd ma’lum qildi. U Afg‘onistonning amaldagi hukumati bilan Toshkent o‘rtasida yangi savdo kelishuvlari imzolanganini xabar qildi.
Eksport yo‘nalishini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi chegara punktlarining yopilishi va savdo-sotiqning amalda to‘xtashi fonida qabul qilingan. Bu vaziyat “Tolibon”ni qo‘shni mamlakatlar, ayniqsa O‘zbekiston va Eron bilan hamkorlikni faol rivojlantirishga undadi.
Shu bilan birga, “Tolibon” Moliya vazirligi Pokiston bilan savdoning to‘xtatilishi afg‘on savdosi hajmi va bojxona tushumlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmaganini ta’kidlab, vazirlik muqobil yo‘nalishlarni o‘zlashtirishda tadbirkorlarga yordam berishini ma’lum qildi.
Ayni paytda, Pokistonning Dawn gazetasi oktyabr oyida Kobul va Islomobod o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgandan so‘ng Torkham chegara punktining yopilishi Afg‘oniston va Pokistonga 4,5 milliard dollardan ortiq savdo yo‘qotishlariga olib kelganini qayd etmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!