$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

ShHTga aʼzo davlatlarning sport masalalariga bagʻishlangan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

19:00 / 20.05.2022

Bugun, 20-may kuni Toshkent shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlarning jismoniy tarbiya va sportga masʼul vazirlik hamda idoralari rahbarlarining ilk yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Sportni rivojlantirish vazirligida tashkil etilgan yigʻilishda ShHT Bosh kotibi Chjan Min ham ishtirok etdi.

Shuningdek, mazkur yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri A.Ikramov, Rossiya Federatsiyasi sport vaziri O.Matisin, Hindistonning Yoshlar va sport masalalari boʻyicha faxriy vaziri A.Singx, Qozogʻiston madaniyat va sport vaziri D.Abayev, Qirgʻiziston madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri A.Jumankulov, Tojikiston Hukumati qoshidagi Yoshlar va sport qoʻmitasi raisi oʻrinbosari P.Sobirzoda, Pokiston Islom Respublikasi Sport kengashi prezidenti Ehsan ur-Rahmanlar ham qatnashdi.

Keltirilishicha, pandemik vaziyat jiddiy tus olayotganligi bois Xitoy delegatsiyasi Oʻzbekistonga kela olmadi.

Tadbirda XXR nomidan Davlat sport bosh boshqarmasi direktori, Xitoy Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Chjunven Gou onlayn tarzda ishtirok etdi.

Yigʻilishni Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov kirish soʻzi bilan ocharkan, avvalo barcha delegatsiyalarning rahbarlariga tashrif uchun minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, yigʻilishda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov Toshkent-2025 IV yoshlar Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik jarayonlarining borishi hamda ushbu musobaqa bahonasida barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasining qurilishi boʻyicha taqdimot qildi.

Yigʻilishda tomonlar sport industriyasining bugungi holati hamda dunyoda davom etayotgan pandemik vaziyat faolligi sharoitida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, ShHTga aʼzo davlatlarda sogʻlom turmush tarzini yana-da keng targʻib qilish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarni koʻrib chiqishdi va oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.

Shuningdek, muhokamalar jarayonida tomonlar ShHTga aʼzo davlatlar oʻrtasida sportchilarni tayyorlash, aholi, xususan, yoshlarni sport va sogʻlom turmush tarziga jalb etish borasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish muhimligi qayd etishdi.

ShHTga aʼzo davlatlarda aholining barcha qatlami uchun sport bilan shugʻullanish imkoniyatini oshirish, sport anjomlari, kiyim-kechak va jihozlar ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish zarurligi taʼkidlandi.

Yigʻilishda tomonlar Kunmin (XXR) va Issiqkoʻl viloyatida (Qirgʻiziston Respublikasi) ShHT marafonlarining muntazam oʻtkazilishini olqishladi.

Oʻz navbatida tashkilotga aʼzo davlatlar delegatsiyalarining rahbarlari shu yil 27-mart kuni oʻtkazilgan ShHT Toshkent yarim marafoni yuqori saviyada tashkil etilganligini eʼtirof etishdi.

Tomonlar ShHTga aʼzo davlatlarning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga masʼul vazirlik va idoralari rahbarlarining navbatdagi yigʻilishini Hindistonda oʻtkazish boʻyicha kelishib oldilar.

Shuning bilan ShHTga aʼzo davlatlarning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga masʼul vazirlik va idoralari rahbarlarining ilk yigʻilishi oʻz ishini yakunladi.



														
														Qirğizistonda dunyodagi eng uzun şişa köprik quriladi

Qirğizistonda dunyodagi eng uzun şişa köprik quriladi

Qirğizistonning «Ala-Arça» milliy boğida uzunligi 732 metr bölgan osma şişa köprik quriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda milliy …
10:32 / 08.11.2026

														
														Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi.

Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi.

Boks böyiça sobiq Avstraliya çempioni Joş Frederiksen 36 yoşida paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi. Bu haqda “World Boxin…
17:34 / 07.11.2026

														
														“Paxtakor” Iroqda mağlubiyatga uçradi.

“Paxtakor” Iroqda mağlubiyatga uçradi.

Bugun, 27 oktyabr kuni Toşkentning “Paxtakor” jamoasi Elit Osiyo çempionlar ligasining 3-turi doirasida Iroqning “Eyr Fors” …
08:35 / 27.10.2026

														
														Angliyaning mashhur klubi Toshkentda akademiya ochishi mumkin.

Angliyaning mashhur klubi Toshkentda akademiya ochishi mumkin.

Angliyaning “Fulhem” futbol klubi Britaniya tajribasi va standartlari asosida Yangi Toshkentda futbol akademiyasini tashkil …
17:05 / 25.10.2026

														
														Ronaldu 300 mln dollar daromad bilan dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi kutilmoqda

Ronaldu 300 mln dollar daromad bilan dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi kutilmoqda

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026/2027-yilgi mavsumda dunyoning eng ko‘p daromad topuvchi futbolchisi bo‘lishi ku…
15:35 / 19.10.2026

														
														O‘zbekiston FIFA reytingida necha ball yo‘qotdi?

O‘zbekiston FIFA reytingida necha ball yo‘qotdi?

Kecha, 6 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib, 0:2 hisobida…
16:24 / 07.10.2026

														
														“Tekinga jang qilishga tayyorman”.

“Tekinga jang qilishga tayyorman”.

Meliqo‘ziyev chempionlik jangi uchun gonoraridan voz kechmoqchi.
16:09 / 07.10.2026

														
														Osiyo o‘yinlari yakunlandi.

Osiyo o‘yinlari yakunlandi.

Joriy yilgi Osiyo o‘yinlarida umumiy hisobda O‘zbekiston atletlari 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medalga sazovor…
15:43 / 04.10.2026

														
														Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston Saudiyani yirik hisobda yengdi.

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston Saudiyani yirik hisobda yengdi.

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi jamoa turnir yarimfinaliga chiqdi va final yo‘llanmasi uchun bahsda KXDR va Yaponiya …
16:19 / 25.09.2026

														
														Markaziy bank Shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalarni muomalaga chiqaradi

Markaziy bank Shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalarni muomalaga chiqaradi

O‘zbekiston Markaziy banki Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan esdalik tang…
15:57 / 23.09.2026

Bu ham qiziq

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!