$
12621.29 UZS
-103.87
158.44 UZS
-0.21
14596.52 UZS
88.57
35° Kechasi 21°

Sirdaryoda fuqaroning o‘limi 25 yildan so‘ng qayd etildi

14:52 / 25.08.2022

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Malika Shaniyazova farzandi Jahongir Olishovning o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomasini olishda amaliy yordam so‘rab Mirzaobod tuman adliya bo‘limiga murojaat qilgan.

Murojaat bo‘lim tomonidan ish yurituviga olinib, zarur hujjatlar to‘plangan.

Aniqlanishicha, fuqaro M.Shaniyazovaning farzandi Olishev Jahongir Ravshan o‘g‘li 1997-yil 28-yanvarda vafot etgan va Mirzaobod tumani Tinchlik mahallasidagi “Parcha yuz” qabristoniga dafn etilgan. Biroq, ayrim sabablarga ko‘ra uning o‘limi qayd etilmasdan qolgan. Bu haqda Mirzaobod tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Hokimbek Erkaboyev ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, o‘rganish jarayonida FHDY arxivi tomonidan berilgan maʼlumotnomalarga asosan 1994-2000-2022-yillar tekshirilganda Olishev Jahongir Ravshan o‘g‘lining o‘limi xaqidagi dalolatnoma yozuvlari mavjud emasligi aniqlangan.

Shuningdek, ta’kidlanishicha O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-prosessual kodeksining 283-moddasi 10-bandiga ko‘ra, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa faktlarni, agar qonun hujjatlarida ularni belgilashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, belgilashga oid ishlarni ko‘radi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1991-yil 20-dekabrdagi 5-sonli “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 20-bandiga ko‘ra, agar shaxsning ma’lum vaqt va ma’lum holatda vafot etganligini tasdiqlovchi ishonchli dalillar mavjud bo‘lsa, Fuqarolik prosessual kodeksi 295-moddasining 10-bandiga asosan sud o‘lganlik faktini belgilaydi.

“Yuqoridagilarga asosan, tuman adliya bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudiga ariza kiritildi.  Natijada Mirzaobod tuman adliya bo‘limining fuqaro Shaniyazova Malika Ortikovnaning manfaatida kiritilgan arizasi qanoatlantirilib, sudning hal qiluv qarori bilan Olishev Jahongir Ravshan o‘g‘lining o‘lganlik fakti belgilandi”,— deyiladi xabarda. 


Bu ham qiziq

Ertaga havo harorati 40 darajagacha koʻtariladi

Ertaga havo harorati 40 darajagacha koʻtariladi

“Oʻzgidromet” ertaga, 5-avgust kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
17:19 / 04.08.2025
O‘tgan 6 oy davomida qancha xorijliklar tijoriy maqsadlarda yurtimizga tashrif buyurdi?

O‘tgan 6 oy davomida qancha xorijliklar tijoriy maqsadlarda yurtimizga tashrif buyurdi?

Statistika qo‘mitasi bu borada ma’lumotlarni ochiqladi
20:32 / 05.08.2025
Erdo‘g‘an Kiyevga boradi

Erdo‘g‘an Kiyevga boradi

Tashrif doirasida erkin savdo bitimi va Rossiya-Ukraina mojarosini hal etish bo‘yicha masalalar muhokama qilinishi bildirild…
12:35 / 05.08.2025
Shavkat Mirziyoyevga Turkmanistonning oliy ordeni topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga Turkmanistonning oliy ordeni topshirildi

Davlatimiz rahbari Oliy davlat mukofoti uchun Xalq Maslahat Kengashi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Turkmaniston Prezident…
14:20 / 05.08.2025
Avaza shahrida Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhammedov o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi

Avaza shahrida Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhammedov o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari strategik sheriklikni kengaytirish muhimligini ta’kidladilar
19:01 / 05.08.2025
Putin Trampning ultimatumi talablarini bajarish niyatida emas

Putin Trampning ultimatumi talablarini bajarish niyatida emas

Kreml shuningdek, Trampning ultimatumni amalga oshirishiga ishonmaydi, chunki u avvallar ham shunday tahdid qilgan, ammo hec…
17:41 / 05.08.2025
5-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

5-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:52 / 04.08.2025
Ukrainada korrupsion mojaro. Bir qancha davlat xizmatchilari katta miqdorda pora bilan qo‘lga olindi

Ukrainada korrupsion mojaro. Bir qancha davlat xizmatchilari katta miqdorda pora bilan qo‘lga olindi

Ammo aksar qo‘lga tushganlarning ismlari oshkor etilmadi
21:56 / 04.08.2025
OpenAI sun’iy intellekti 2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga 2,9 mlrd so‘m soliq to‘ladi

OpenAI sun’iy intellekti 2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga 2,9 mlrd so‘m soliq to‘ladi

Kompaniya bu borada “Netflix” va “Tik-tok” kabi gigant kompaniyalarni ham ortda qoldirdi
18:17 / 04.08.2025
Vladimir Zelenskiy: “Rossiya bilan 1200 nafar asirni almashtirish to‘g‘risida kelishuv mavjud”

Vladimir Zelenskiy: “Rossiya bilan 1200 nafar asirni almashtirish to‘g‘risida kelishuv mavjud”

Ukraina rahbari bu borada yanada ko‘proq asirlarni qaytarib olishiga harakat qilinayotganini qo‘shimcha qildi
22:54 / 04.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!