“Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, yengil avtotransport vositalarida yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritiladi hamda ular ushbu faoliyat bilan litsenziya varaqasi asosida shug‘ullanishi belgilanadi.
Ta’kidlanishicha, 2025-yil 1-apreldan soliq organlari xodimlari tomonidan ularga biriktirilgan korxonalarda yoki mahallalardagi tadbirkorlik subyektlarida belgilangan soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlanganda quyidagi tartib joriy etiladi:
- birinchi marta ogohlantirish;
- ogohlantirishdan so‘ng 3 kun muddatda soliqqa oid huquqbuzarlik bartaraf etilmagani yoki takroran aniqlangani sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazishga asos bo‘lishi;
- sayyor soliq tekshiruvini 24 soat ichida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibida amalga oshirishga ruxsat etish;
- sayyor soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha qaror qabul qilish uchun asos bo‘lib hisoblanishi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!