Senatning yalpi majlisida Markaziy bankning 2021-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.
Hisobotda, inflyatsiya darajasining yil yakuniga qadar 10 foizlik prognoz ko‘rsatkichiga erishish maqsadida Markaziy bankning asosiy stavkasi hisobot yili davomida yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz saqlab qolingani, aholi va tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadlariga 166,7 trln so‘m yoki 2020-yilga nisbatan 1,3 barobarga ko‘p kreditlar yo‘naltirilganligi ma’lum qilindi.
Markaziy bank faoliyatiga baho berilarkan, Xorazm viloyati misolida faoliyat samarali yo‘lga qo‘yilmagani, qator xato va kamchiliklar borligi hamda regulyator sifatida buni markaziy bank nazorat qilishi kerakligi ta’kidlandi.
Senat Raisi bitta bankda kamchilikka yo‘l qo‘ygan, xatto jinoyat sodir qilgan bank mas’ulining boshqa bir bankka borib ishga joylashishi noto‘g‘ri ekanligini aytib o‘tgan.
Shuningdek, Tanzila Narbayeva tijorat banklariga yangi, yosh raxbar kadrlar tayinlagandan keyin ularni zamon talablariga mos ravishda ishni tashkillashtira oladigan qilib o‘qitish kerakligi yuzasidan Markaziy bank rahbariyatiga zaruriy tavsiyalarini berdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!