$
12559.26 UZS
-59.37
160.17 UZS
-0.66
14413.01 UZS
-103.46
37° Kechasi 23°

Tibbiyot xodimlari uchun “Ayol qalbi” filmining maxsus namoyishi o‘tkazildi

20:53 / 26.03.2022

Bugun, 26 mart kuni Kinochilar uyida sog‘liqni saqlash tizimi vakillari uchun “Ayol qalbi” badiiy filmining maxsus namoyishi tashkil etildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, namoyish avvalida Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova va Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi vakilasi Barno O‘ngboyeva so‘zga chiqib, film ijodkorlarini yangi kinoasar bilan tabrikladi.    

“Yaqinda Davlat rahbarining shifokorlar bilan uchrashuvida ushbu serzahmat kasb sohiblari haqida  filmlar yaratish va ularni xalqimizga namoyish etish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan edi. So‘ngi yillarda Kinematografiya agentligi buyurtmasi bilan shifokorlar hayoti va faoliyati aks etgan 10 dan ortiq badiiy va hujjatli film yaratildi. "Ayol qalbi" ham ushbu soha vakillari haqida bo‘lib, unda kasbiga sodiq shifokor ayol taqdiri xaqida hikoya qiladi”, – deyiladi xabarda. 

Ta’kidlanishicha, film Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan rejissyor Jamilaxon Po‘latova tomonidan suratga olingan. Ssenariy mualliflari Jamilaxon Po‘latova va Zulfiya Yo‘ldosheva, operatorlar Dilmurod Turdiboyev, Diyor Ismatov, postanovkachi rassom Erkin Xushmatov, kompozitorlar Shuhrat Zokirov, Sardor Ergashev, kartina direktori Muzaffar Sa’dullayev hisoblanadi.

Filmda bosh qahramon rolini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Shodiyeva gavdalantirgan. Shuningdek, Gulchehra Jamilova, Zuhra Ashurova, Ra’no Yarasheva, Dildora Umarova, Ulug‘bek Yunusov, Ulug‘bek Rustamov kabi mahoratli aktyorlar rol ijro etgan.


Bu ham qiziq

Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishini ko‘zdan kechirdi

Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishini ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-iyun kuni “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishini ko‘zdan kechirdi.
17:04 / 18.06.2025
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi o‘zbekistonliklarga mamlakatni tark etish yo‘llari bo‘yicha ma’lumot berdi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi o‘zbekistonliklarga mamlakatni tark etish yo‘llari bo‘yicha ma’lumot berdi

Hozirgi xavfsizlik vaziyati munosabati bilan Isroilni mustaqil ravishda tark etish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari q…
11:08 / 18.06.2025
Samarqanddagi YTHda 39 yoshli sudya halok bo‘ldi

Samarqanddagi YTHda 39 yoshli sudya halok bo‘ldi

Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudi raisi Temur Rustamov avtohalokatda vafot etdi.
12:49 / 18.06.2025
18-iyunda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

18-iyunda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutil…
18:05 / 17.06.2025
Tramp muzokaralar uchun Eronning “to‘liq taslim bo‘lishini” kutmoqda

Tramp muzokaralar uchun Eronning “to‘liq taslim bo‘lishini” kutmoqda

Shu bilan birga, u Tehron bilan muzokara stoliga qaytishga tayyorligini ham bildirdi.
17:57 / 17.06.2025
22-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

22-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol e…
15:26 / 21.06.2025
AQShda OITSdan 100 foiz himoyalaydigan birinchi vaksina ishlab chiqildi

AQShda OITSdan 100 foiz himoyalaydigan birinchi vaksina ishlab chiqildi

Yeztugo preparatini yiliga faqat ikki marta qabul qilish kerak. U allaqachon 7,000 kishi ishtirok etgan klinik sinovlardan o…
14:35 / 20.06.2025
Nukusda yuzdan ortiq o‘qituvchidan 1500 dollardan olgan direktor o‘rinbosari ushlandi

Nukusda yuzdan ortiq o‘qituvchidan 1500 dollardan olgan direktor o‘rinbosari ushlandi

U o‘qituvchilarga davlat attestatsiyasidan o‘tkazib berishni va’da qilgan.
09:44 / 19.06.2025
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida o‘rmon yong‘ini yuz berdi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida o‘rmon yong‘ini yuz berdi

Kecha, 17-iyun kuni soat 17:45 da Surxondaryo viloyati FVBga Boysun tumani Kengdala o‘rmon xo‘jaligi bo‘limiga qarashli arch…
13:55 / 18.06.2025
20-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

20-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

20-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol …
17:18 / 19.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!