Tolibon harakati rahbari Haybatulloh Oxundzoda Afg‘onistonda kanop yetishtirishni taqiqladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan bayonotda mamlakatning barcha fuqarolari uchun kanop yetishtirish taqiqlangan. Giyohvandlik o‘simligi ekish qoidalari buzilgan taqdirda, uni yo‘q qilishga va’da berishdi. Shu bilan birga, qonunbuzarlarning o‘zlari ham shariat qonunlari asosida jazolanishi uchun tegishli idoralar tomonidan sudga topshiriladi.
Avvalroq Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligining Tolibondan vazifasini bajaruvchisi Amir Xon Muttaki BAA olimlari delegasiyasi bilan uchrashuv chog‘ida Islom ayollarning ta’lim olishini man etmasligi va yaqin orada mamlakatda qizlar uchun maktablarni qayta ochish rejasini e’lon qilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!