$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

“To‘polang”dagi vaziyatga Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzilaning taʼsiri bo‘lganmidi?

13:52 / 23.06.2022

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joydashgan “To‘polang” suv omborida joriy yil 22-iyun kuni yangi ishga tushirilayotgan GES quvurlaridan biridagi nosozlik sabab suv miqdori avtomatik ravishda boshqarilmay qolgan va kanalga oqizib yuborilgani va mazkur holat aaks etgan videotasvirlar mahalliy aholi o‘rtasida bir muddat vahimaga sabab bo‘lgani xabar qilingan edi.

“Sputnik” nashrining o‘zbek tahririyati “O‘zbekgidroenergo” AJ Xavfsizlik va maxsus ishlar boshqarmasi boshlig‘i Nodir Artikbayevdan  “To‘polang”dagi vaziyatga Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzilaning taʼsiri bor yoki yo‘qligi haqida maʼlumot oldi.

“Afg‘oniston janubi-sharqidagi Paktika va Xost viloyatlarida sodir bo‘lgan zilzilaning To‘polang suv omboriga umuman taʼsiri yo‘q. Bu borada, suv ombori mutlaqo xavfsiz. Mazkur zilzilaning O‘zbekistonga, bevosita Surxondaryo viloyatiga sezilish kuchi taxminan 3 ball (281 km) ni tashkil etgan”, - degan Artikbayev.

Mutaxassis, shuningdek, suv omborining kuchli zilzilalarga bardoshliligi 8 ballga teng bo‘lib, mustahkam gidroinshoot ekanligini alohida taʼkidlagan.

Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati va ayniqsa suv ombori atrofida yashovchi aholisi xavfsizligini taʼminlash maqsadida To‘polang suv omborida lokal darajasidagi xabar berish va maʼlumot (axborot) etkazishning avtomatlashtirilgan tizimi yaratilgan.

Ushbu tizim doirasida quyidagilar ko‘zda tutilgan:

– “To‘polang” suv ombori to‘g‘onidan Sariosiyo tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limigacha uzunligi 26 km bo‘lgan optik tolali aloqa kabeli tortilgan;

– suv ombori to‘g‘onidan 22 km masofada joylashgan aholi punktlarigacha ovozli xabar berish moslamalari orqali favqulodda vaziyat to‘g‘risida axborot etkazish tizimi bilan taʼminlangan.

“Undan tashqari viloyat aholisiga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida ogohlantirish uchun Surxondaryo viloyatining mahalliy darajasida xabar berish va maʼlumot (axborot) etkazishning avtomatlashtirilgan tizimi uzluksiz rejimda ishlaydi”, – deya maʼlumot bergan mutaxassis.

 


Bu ham qiziq

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!