Qurilishi vazirligi Prezident qarori loyihasini tayyorladi.
Unga ko‘ra, Toshkent arxitektura-qurilish institutini Toshkent arxitektura-qurilish universiteti deb qayta nomlash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, universitetni transformatsiya qilish orqali jahondagi nufuzli universitetlarning (TOP-1000) ilg‘or ma’muriy, ta’lim va ilmiy-tadqiqot tizimlarini joriy etish rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, universitetning moddiy-texnik bazasi (8 000 talabaga mo‘ljallangan o‘quv binolari, talaba-yoshlar markazi, faollar zali, kutubxona, ma’muriyat) zamonaviy loyihalar asosida quriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!