$
11839.59 UZS
6.22
140.42 UZS
0.63
13569.35 UZS
-8.26
31° Kechasi 18°

Toshkent va Farg‘onada noqonuniy diniy ta’lim aniqlandi

11:00 / 03.08.2025

Davlat xavfsizlik xizmatining ma’lum qilishicha, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan shaxs Olmazor tumanining “Jiydali” MFYda vaqtincha istiqomat qilayotgan xonadonda 2025-yilning may oyidan buyon 15 nafar yoshlarga noqonuniy diniy ta’lim beradi va buning evaziga har biridan 150 AQSh dollarini olib kelgan.

Aniqlanishicha, Respublikaning turli hududlaridan kelgan, 2004-2014-yillar oralig‘ida tug‘ilgan bu “ilm izlovchilar”ning 11 nafari voyaga yetmagan bo‘lib, achinarlisi, ular orasida 3 yildan buyon maktabga bormayotgan o‘quvchi ham bor.

Xuddi shu mahallada ijaraga olingan yana bir xonadonda ham poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi, 1977-yilda tug‘ilgan shaxs joriy yilning iyun oyidan buyon 10 nafar voyaga yetmagan bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib, evaziga har biridan 100 AQSh dollari hamda yegulik uchun oziq-ovqat mahsulotlarini talab qilgan.

Albatta, bu shaxsning uddaburonligini aytmaslik mumkin emas. Huquq tartibot organlari tomonidan xonadonda tekshiruvlar o‘tkazilishi ehtimolini hisobga olib, bolalarni yashirish uchun qo‘lbola yerto‘la qurdirgan. Mazkur yerto‘la, ya’ni “quduq” temir qopqoq bilan yopilib, tosh va qum bilan berkitilgan. Bu bilan u bolalarning hayotini qanchalik xavf ostiga qo‘yayotganini o‘ylab ham ko‘rmagan.

Bu noqonuniy harakatni shu yo‘sinda yashirishga urinishi hech bir qolipga sig‘maydi.

Savol tug‘iladi, farzandini bilim olish maqsadida ushbu shaxsga topshirgan ota-onalar! o‘z zurriyotingiz yerto‘lada saqlanganidan xabaringiz bormi?

Har ikki holat bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor sud o‘tkazilib, ushbu shaxslar MJtKning 241-moddasi asosida javobgarlikka tortilgan.

Ta’kidlash joizki, ular noqonuniy diniy ta’lim berishda maxsus gologrammaga ega bo‘lmagan, norasmiy shaklda chop etilgan mavzuga oid adabiyotlar va turli qo‘lyozmalardan foydalangani aniqlandi.

Xo‘sh, bu kabi adabiyot va qo‘lyozmalar o‘zi qayerda chop etilmoqda?

Mazkur yo‘nalishda Farg‘ona viloyatida olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash bilan bog‘liq holat aniqlandi.

Buvayda tumanida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro yashash xonadoni va o‘ziga tegishli umumiy ovqatlanish shahobchasida bosmaxona tashkil qilib, diniy mazmundagi kitoblarni chop etish bilan shug‘ullangan. Ma’lum bo‘lishicha, u mazkur kitoblarni Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi kitob do‘konlariga yetkazib bergan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida kelgusida sotish maqsadida tayyorlab qo‘yilgan 1210 dona kitob, 2000 dona yarim tayyor holatga keltirilgan bosma mahsuloti hamda 6 ta chop etish dastgohlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi

Ta’kidlash lozimki, ushbu shaxs 2024-yilning iyul oyida muqaddam diniy mazmundagi kitoblarni qonunga xilof ravishda chop etgani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddasi bilan jarimaga tortilgan bo‘lsa-da, yana noqonuniy harakatlarini davom ettirgan.

Hozirda, mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.


O‘zbekiston


														
														Markaziy Osiyodagi muzliklar yo‘qolib bormoqda — tadqiqot

Markaziy Osiyodagi muzliklar yo‘qolib bormoqda — tadqiqot

Markaziy Osiyoda suv zaxiralari va tog‘ muzliklari massasi kamayib bormoqda. Tadqiqotlarga ko‘ra, mintaqadagi muzliklar to‘p…
12:13 / 20.09.2026

														
														Chirchiqda 17 yoshli maktab o‘quvchisi 600 ming dollarlik gashish bilan ushlandi

Chirchiqda 17 yoshli maktab o‘quvchisi 600 ming dollarlik gashish bilan ushlandi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 17 yoshli maktab o‘quvchisi Rossiyadan yuborilgan 852,2 gramm gashishni qabul qilib …
11:20 / 20.09.2026

														
														“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Pedagoglar o‘rtasida Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining g‘oliblari aniqlandi.
10:22 / 20.09.2026

														
														Qoraqalpog‘istonda qator yirik loyihalarga start berildi

Qoraqalpog‘istonda qator yirik loyihalarga start berildi

Qoraqalpog‘istonga tashrif doirasida Prezident bilan birgalikda hududdagi qator ijtimoiy va iqtisodiy obyektlar ko‘zdan kech…
12:28 / 19.09.2026

														
														Rossiyada 12 ta mashina bilan to‘qnashib, uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan o‘zbekistonlik haydovchi 9 yilga qamaldi

Rossiyada 12 ta mashina bilan to‘qnashib, uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan o‘zbekistonlik haydovchi 9 yilga qamaldi

Rossiyaning Ufa shahrida 12 ta avtomobil ishtirokidagi yirik YTHga sabab bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi 9 yil muddatga ozodlik…
14:31 / 18.09.2026

														
														Istanbulda qiyin vaziyatga tushgan ona uch farzandi bilan O‘zbekistonga qaytarildi

Istanbulda qiyin vaziyatga tushgan ona uch farzandi bilan O‘zbekistonga qaytarildi

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ko‘magida og‘ir vaziyatga tushib qolgan ayol uch nafar farzandi bilan Turkiya…
14:25 / 18.09.2026

														
														Yangi Toshkent xalqaro aeroporti sabab 7 ta qabriston ko‘chiriladi

Yangi Toshkent xalqaro aeroporti sabab 7 ta qabriston ko‘chiriladi

Toshkent viloyatida qurilishi rejalashtirilgan Yangi Toshkent xalqaro aeroporti hududida joylashgan 7 ta qabriston ko‘chiril…
14:21 / 18.09.2026

														
														Urganchda pensiyani oshirib berishni va’da qilgan hokim yordamchisi ushlandi

Urganchda pensiyani oshirib berishni va’da qilgan hokim yordamchisi ushlandi

Urganch shahrida fuqaroning turmush o‘rtog‘i pensiyasini oshirib berishni va’da qilgan hokim yordamchisi ushlandi. Bu haqda …
14:13 / 18.09.2026

														
														Toshkent maktablarida davomat sun’iy intellekt yordamida nazorat qilinmoqda

Toshkent maktablarida davomat sun’iy intellekt yordamida nazorat qilinmoqda

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi maktablarda o‘quvchilar davomatini sun’iy intellekt yordamida nazorat qilishga mo‘lja…
10:27 / 18.09.2026

														
														Samolyotda janjal ko‘targan yo‘lovchi skotch bilan bog‘landi

Samolyotda janjal ko‘targan yo‘lovchi skotch bilan bog‘landi

AQSHda samolyot bortida tartibsizlik chiqargan 67 yoshli yo‘lovchi ekipaj va boshqa yo‘lovchilar tomonidan o‘rindig‘iga yopi…
10:06 / 18.09.2026

Bu ham qiziq

“Toshkentga ko‘proq yashil maskanlar kerak” – Saida Mirziyoyeva

“Toshkentga ko‘proq yashil maskanlar kerak” – Saida Mirziyoyeva

Toshkentga ko‘proq yashil maskanlar kerak. Ayniqsa, issiq iqlimimiz sharoitida daraxtlar, suv havzalari va soya-salqin joyla…
13:10 / 17.09.2026
Xitoyda mamlakatga kirish va chiqish qoidalari kuchaytirildi

Xitoyda mamlakatga kirish va chiqish qoidalari kuchaytirildi

Xitoyda fuqarolarning mamlakatdan chiqishi hamda xorijliklarning mamlakatga kirishi bo‘yicha yangi cheklovlar joriy etildi. …
14:26 / 16.09.2026
OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellaridagi xavfli xatti-harakatlarni ma’lum qildi

OpenAI sun’iy intellekt modellarini sinovdan o‘tkazish jarayonida bir qator kutilmagan xatti-harakatlar kuzatilganini ma’lum…
10:10 / 18.09.2026
“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Pedagoglar o‘rtasida Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining g‘oliblari aniqlandi.
10:22 / 20.09.2026
Yangi Toshkent xalqaro aeroporti sabab 7 ta qabriston ko‘chiriladi

Yangi Toshkent xalqaro aeroporti sabab 7 ta qabriston ko‘chiriladi

Toshkent viloyatida qurilishi rejalashtirilgan Yangi Toshkent xalqaro aeroporti hududida joylashgan 7 ta qabriston ko‘chiril…
14:21 / 18.09.2026
Noqonuniy “Umra” xizmatini taklif qilgan shaxslar ushlandi

Noqonuniy “Umra” xizmatini taklif qilgan shaxslar ushlandi

Samarqand viloyatining Payariq tumanida faoliyat yurituvchi aviakassa rahbari garchi “Umra” ziyoratiga yuborish huquqiga ega…
17:22 / 17.09.2026
Eronda samolyot havoda nosozlik sabab favqulodda qo‘ndi

Eronda samolyot havoda nosozlik sabab favqulodda qo‘ndi

Eronda Sepehran Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay shinalaridan biri yoril…
15:10 / 16.09.2026
Samolyotda janjal ko‘targan yo‘lovchi skotch bilan bog‘landi

Samolyotda janjal ko‘targan yo‘lovchi skotch bilan bog‘landi

AQSHda samolyot bortida tartibsizlik chiqargan 67 yoshli yo‘lovchi ekipaj va boshqa yo‘lovchilar tomonidan o‘rindig‘iga yopi…
10:06 / 18.09.2026
Rossiyada 12 ta mashina bilan to‘qnashib, uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan o‘zbekistonlik haydovchi 9 yilga qamaldi

Rossiyada 12 ta mashina bilan to‘qnashib, uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan o‘zbekistonlik haydovchi 9 yilga qamaldi

Rossiyaning Ufa shahrida 12 ta avtomobil ishtirokidagi yirik YTHga sabab bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi 9 yil muddatga ozodlik…
14:31 / 18.09.2026
18-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

18-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-…
17:15 / 17.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!