$
12109.02 UZS
75.74
150.31 UZS
1.01
14139.70 UZS
78.81
31° Kechasi 18°

Endi yuqori hosil olgan fermerlar uch karra kam yer solig‘i to‘laydi

15:45 / 01.04.2025

“Qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanish samaradorligini oshirish va mahsulot yetishtirish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori bilan fermerlarga bir qator imtiyozlar beriladi.

Qarorda quyidagilar maqsad qilingan:

– tuman hokimliklari tasarrufidagi bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligi yerlarida ekin ekish va mahsulot yetishtirishni tashkil etish;

– chorvachilik uchun ozuqa ekinlar yetishtirish hajmini oshirish orqali go‘sht va sut mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash;

– yerdan samarali foydalanishni iqtisodiy mexanizmlar orqali rag‘batlantirish, aholi bandligi va turmush darajasini oshirish.

Qarorga ko‘ra, 2025-yil hosilidan boshlab har yili paxtadan 50 sentner/gektar, g‘alladan 80 sentrner/gektardan yuqori hosil olinganini soliq hisobotlarida aks ettirgan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga kelgusi yilda:

– ijaraga olingan jami yer maydonining 25 foiziga almashlab ekish usulida chorva uchun ozuqa, sabzavot, poliz, kartoshka, moyli va dukkakli ekinlarni ekish kafolatlanadi;

– O‘zbekiston fermerlari kengashiga a’zolik badali paxta xomashyosi bo‘yicha birjada e’lon qilinadigan boshlang‘ich narxdan va donning shakllangan o‘rtacha narxidan 0,3 foiz miqdorida belgilanadi;

– yer solig‘ini hisoblashda bazaviy stavkada nisbatan mutanosib ravishda uch karragacha kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llaniladi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi kooperativiga a’zo bo‘lgan fermer xo‘jaliklarining 50 foizidan oshmagan qismiga paxta yetishtirish uchun Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining resurslari hisobidan 50 foizlik mol-mulk garovi, xususan, yerga ijara huquqi garovi bilan imtiyozli kredit ajratishga ruxsat etiladi. Bunda ushbu kredit paxta xomashyosining e’lon qilingan boshlang‘ich narxidan kelib chiqib ajratiladi.

Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi kooperativiga a’zo bo‘lgan fermer xo‘jaliklari yetishtirgan paxtani to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilishga ruxsat beriladi. Bunda shartnomalar O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi axborot portalida tuzilishi kerak.

 


O‘zbekiston


														
														10-yanvar kungi ob-havo ma’lumoti

10-yanvar kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:15 / 09.01.2026

														
														Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qaysi hududlar yetakchi?

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qaysi hududlar yetakchi?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda 128,6 trln so‘mlik oziq-…
15:28 / 09.01.2026

														
														Toshkentda taksichilardan pul talab qilgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

Toshkentda taksichilardan pul talab qilgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

Guruh a’zolari Toshkent viloyatidan Toshkent shahrining Yashnobod tumaniga qatnovchi taksi haydovchilarini qo‘rqitib, o‘zbos…
14:25 / 09.01.2026

														
														Ombudsman Mubashshir Ahmadning sog‘lig‘i holatini o‘rgandi

Ombudsman Mubashshir Ahmadning sog‘lig‘i holatini o‘rgandi

Unga ko‘ra, Alisher Tursunov tibbiy yordamdan shikoyati yo‘qligini, sog‘lig‘i doimiy nazoratda ekanini ma’lum qilgan.
13:02 / 09.01.2026

														
														Samarqandda 15 yoshli bola uylangani rostmi?

Samarqandda 15 yoshli bola uylangani rostmi?

Ma’lum bo‘lishicha, N.A. ikki alohida joyda olingan tasvirlarni montaj qilib, yagona videorolik shakliga keltirgan va uni ob…
12:00 / 09.01.2026

														
														Samarqandda ayol chaqalog‘ini chiqindi qutisiga tashlab ketdi

Samarqandda ayol chaqalog‘ini chiqindi qutisiga tashlab ketdi

Samarqand viloyatining Payariq tumanida ayol tug‘uruqxona oldida chaqalog‘ini dunyoga keltirib, hojatxonaning chiqindi qutis…
11:27 / 09.01.2026

														
														Buxoroda yangi aeroport ishga tushiriladi

Buxoroda yangi aeroport ishga tushiriladi

Buxoro xalqaro aeroporti direktori o‘rinbosari Shahboz Hayitov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qili…
10:22 / 09.01.2026

														
														Tojikistondagi zilzila Farg‘onada ham sezildi

Tojikistondagi zilzila Farg‘onada ham sezildi

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
09:27 / 09.01.2026

														
														O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 66,3 mlrd dollarni tashkil etdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 66,3 mlrd dollarni tashkil etdi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 66,31 milliard dollarni tashkil etib, ketma-ket beshinchi oy rekord o‘rnatdi.
17:31 / 08.01.2026

														
														Surxondaryoda qo‘ylariga hujum qilgan bo‘rini o‘ldirgan fuqaro 8,2 mln so‘m jarimaga tortildi

Surxondaryoda qo‘ylariga hujum qilgan bo‘rini o‘ldirgan fuqaro 8,2 mln so‘m jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda shaxsi noma’lum fuqarolar tomonidan bo‘rini ushlab, unga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘linayotgani…
16:18 / 08.01.2026

Bu ham qiziq

Toshkentda taksichilardan pul talab qilgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

Toshkentda taksichilardan pul talab qilgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

Guruh a’zolari Toshkent viloyatidan Toshkent shahrining Yashnobod tumaniga qatnovchi taksi haydovchilarini qo‘rqitib, o‘zbos…
14:25 / 09.01.2026
2026-yil 1-yanvardan soliq hisobotini kech topshirganlik uchun jarimalar kamaytirildi

2026-yil 1-yanvardan soliq hisobotini kech topshirganlik uchun jarimalar kamaytirildi

Avvalroq 25-dekabrda qabul qilingan O‘RQ–1108-sonli qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kirit…
15:24 / 08.01.2026
Yo‘lovchi vagonlarini yangilash uchun “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ 143 mln dollar kredit oladi

Yo‘lovchi vagonlarini yangilash uchun “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ 143 mln dollar kredit oladi

“O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ 200 ta yo‘lovchi vagonini yangilash uchun 143 million dollar miqdorida kredit oladi.
17:59 / 07.01.2026
Maduroning o‘g‘li ko‘z yoshlar bilan otasiga murojaat qildi

Maduroning o‘g‘li ko‘z yoshlar bilan otasiga murojaat qildi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning o‘g‘li — Nikolas Maduro Gerra AQSh tomonidan otasi qo‘lga olinganidan so‘ng unga omm…
17:31 / 07.01.2026
O‘zbekistonda inversiya tufayli havo ifloslanishi kelasi hafta so‘ngigacha davom etadi

O‘zbekistonda inversiya tufayli havo ifloslanishi kelasi hafta so‘ngigacha davom etadi

O‘zbekistonda havo ifloslanishini kuchaytirgan harorat inversiyasi 16—17-yanvarga qadar saqlanishi kutilmoqda. Bu haqda Ekol…
11:43 / 08.01.2026
10-yanvar kungi ob-havo ma’lumoti

10-yanvar kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:15 / 09.01.2026
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 66,3 mlrd dollarni tashkil etdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 66,3 mlrd dollarni tashkil etdi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 66,31 milliard dollarni tashkil etib, ketma-ket beshinchi oy rekord o‘rnatdi.
17:31 / 08.01.2026
Isroil G‘azoga yana zarba berdi, qurbonlar bor

Isroil G‘azoga yana zarba berdi, qurbonlar bor

G‘azo fuqarolik mudofaasi agentligining ma’lum qilishicha, payshanba kuni Falastin hududida Isroil hujumlari kamida 13 kishi…
14:56 / 09.01.2026
Tojikistondagi zilzila Farg‘onada ham sezildi

Tojikistondagi zilzila Farg‘onada ham sezildi

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
09:27 / 09.01.2026
AQShning Venesuelaga hujumida 100 kishi halok bo‘lgan

AQShning Venesuelaga hujumida 100 kishi halok bo‘lgan

Bu haqda Venesuela Ichki ishlar vaziri Diosdado Kabeloning so‘zlariga tayanib, Reuters xabar bermoqda.
11:12 / 08.01.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!