$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Toshkentda 103 xodimi ayol bemorga uyatsiz harakatlar qilgani aytilmoqda

11:12 / 20.11.2023

Toshkent shahrida tez tibbiy yordam chaqiruviga ko‘ra kelgan xodim bemor ayolga uyatsiz harakatlar qilgani aytilmoqda. Bu haqda jurnalist va bloger Shahnoza Soatova xabar berdi.

Jurnalist unga murojaat qilgan ayol o‘zining tanishi ekani, universitetda dars berishi, kichik yoshdagi o‘g‘li bilan birga yolg‘iz yashashini bildirdi.

“Shu payshanba - 16-noyabrdan 17-noyabrga o‘tar kechasi tobi qochgan, tez yordam chaqirgan. Yolg‘iz o‘zi yosh bolasi bilan yashagani va kechqurun bo‘lgani uchun iloji bo‘lsa, ayol shifokor so‘ragan. Lekin ikki soatda ham ayol shifokor topilmagani uchun tungi soat 00:15 da erkak shifokor bir o‘zi kirib kelgan. Uchta shpritsda ukol qilgan. Oxirgisini qilayotgan paytdayoq ayol o‘zini g‘alati his qila boshlagan”, – deb yozadi Soatova.

Murojaatchiga ko‘ra, o‘sha vaqtda uning boshi aylanib, es-hushi joyida bo‘lsa ham, oyoq-qo‘llari bo‘shasha boshlagan.

“Tez yordam shifokori ayolning ojizligidan foydalanib, unga nojo‘ya qiliqlar qilgan, qo‘li bilan jinsiy zo‘rlagan. Yana ko‘proq ishlar qilmoqchi bo‘lganu, ayol holi boricha qarshilik qilavergach, nihoyat ketgan. Ayol ertasi kechgacha xayoli o‘zida bo‘lmagan, kechga borib, nima bo‘lganini anglab, bong ura boshlagan. Lekin 102 ga qo‘ng‘iroq qilingach, yetib kelgan uchastka noziri yetarli tezkorlik ko‘rsatmagan, ayolga “baribir isbotlashingiz qiyin”, deb murojaatidan voz kechishga undagan. Ayol qat’iyat ko‘rsatgach, sudmedekspertizaga yo‘llanma bergan. Bu juma kechqurungi gap”, deb so‘zida davom etadi jurnalist.

Uning qayd etishicha, ayol sud tibbiy ekspertizaga borgan, ish kuni tugab qolgani uchun ishi bitmagan.

“Ertasi shanba ham shu ahvol. Sudmedekspertiza, narkologiyaga borib vaqti zoye ketgan (qiziq, ular haftada 5 kun soat 4 gacha ishlasa, boshqa vaqtlarda qilingan jinoyat izlari dushanbagacha kutib o‘tiradimi?). Uchastka noziri esa hamon “baribir isbotlay olmaysiz” pozitsiyasida, shekilli, yetarli harakat qilmay, aksincha, arizani qaytarib olish haqida gap ochyapti nuqul. Tez yordam qoldirib ketgan shpritslardagi modda qoldiqlarini ham hech kim e’tiborga olmayapti. Portalga qilingan qo‘ng‘iroqlar, murojaatlar oxirigacha eshitilmay qo‘yib qo‘yilyapti. Ayol ishonmayapti adolatga, lekin uni topmoqchi, shundan juda jonsarak”, – deb yozadi Shahnoza Soatova.

Jamoatchilik faoli Ichki ishlar vazirligi mas’ullari va sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovga murojaat qilib, ulardan bu masalaga e’tibor qaratishni so‘radi.

“Odamlar jonidan o‘tganidan shifokor chaqirishadi, bilasiz. Tizimdagi o‘n, yuz minglab odamlarning miyasiga kirib chiqish va axloqiga javob berish qiyin bo‘lsa ham, bunga majbursiz (SSV rahbariga qarata – tahr.). Hech bo‘lmasa, shunday risklarning oldini olish uchun bemorning uyiga shifokorlaringiz yolg‘iz kirmasligini ta’minlash mumkin-ku. Shifokor chaqirsang yordam so‘rab, u zo‘rlasa. Ichki ishlarga aytsang, u “baribir befoyda” deb o‘tirsa”, – deydi u.

“#Feldsher_topilsin_tergov_qilinsin_jazolansin”
Jurnalist Aziza Qurbonova holatga o‘z munosabatini bildirarkan, yuqoridagicha xeshteg qoldirdi.

“Jazosizlik qonunsizlikni tug‘adi. Qonunsizlik jinoyatchilarni ko‘paytiradi. Jinoyatchilarini jazolamagan davlat jamiyat oldidagi vazifasini bajarmagan bo‘ladi”, – deb yozadi u.

SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayevga ko‘ra, vaziyat nazoratga olingan. “Bu ochiq qoladigan masala emas”, – dedi u.

Respublika tez tibbiy yordam markazi matbuot kotibi Iroda Mirzabekova ish bilan “shaxsan shug‘ullanayotganini” bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, chaqiriqqa borgan tez tibbiy yordam feldsheri O.M.ning ish faoliyati yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Murojaatda bemorga 3 ta ukol qilingani aytilgan holat bo‘yicha esa ishchi guruh ekpertiza o‘tkazadi.
Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon G‘afurov shu kunlarda tez yordamga chaqiruvlar soni 2 barobarga oshganini ma’lum qildi. Jumladan, odatiy kunlarda kunlik chaqiruvlar soni 2800-3100 tani tashkil etsa, 17-noyabrda 6100 taga yetgan. 18-noyabrda esa 5975 ta bo‘lgan.

Uning ta’kidlashicha, odatiy tartibda poytaxt bo‘ylab 206 ta brigada ishlaydi. Ammo mavjud vaziyatni hisobga olib, hozirda 50 dan ortiq qo‘shimcha brigadalar qo‘shilmoqda.


Bu ham qiziq

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!