$
11971.64 UZS
-8.72
₽
146.33 UZS
0.71
€
13160.42 UZS
26.35
31° Kechasi 18°

Toshkentda soxta dollarga xonadon sotib olgan firibgarlar ushlandi

11:40 / 28.12.2021

Toshkentda soxta dollarga xonadon sotib olgan firibgarlar ushlandi.

IIV JQBB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2021-yil 5-avgust kuni fuqaro H.T. hamda “Abror” ismli shaxslar fuqaro J.R.ning ishonchiga kirib, unga tegishli bo‘lgan Toshkent shahri, Markaz-5 mavzesida joylashgan xonadonni 40 ming AQSh dollariga sotib olishini va’da qilib, 4 bog‘lam 100 AQSh dollarlik qalbaki kupyuralarni (39,6 ming dollari qalbaki 400 dolari haqiqiy) bergan holda xonadonni notarial tartibda o‘zining nomiga rasmiylashtirib olgan.

Shu kuni H.T. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, jinoiy sherigi “Abror” ismli shaxs bilan birga J.R.ga berilgan 496 dona qalbaki, 4 dona haqiqiy 100 AQSh dollarlik kupyuralarni va xonadon hujjatlarini egallash maqsadida R.J.ning xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda to‘pponcha bilan qurollangan holda bostirib kirib, uni urib, qo‘rqitib, bo‘g‘gan holda H.T. tomonidan berilgan qalbaki pullarni va uy hujjatlarini berishni talab qilib, R.J.ga tan jarohati yetkazishgan. 

Holat yuzasidan noma’lum shaxs – “Abror”ga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 176-moddasi 3-qismi “a” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, surishtiruv ishlari davomida, 2021-yilning 17-noyabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, “Abror” ismli shaxs, 1995 yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati Narpay tumanida yashovchi, fuqaro X.A. ekanligi aniqlangan va Toshkent viloyatida joylashgan “Gʻisht-Ko‘prik” bojxona postida qo‘lga olingan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlarini IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan olib borilmoqda. 

 


Bu ham qiziq

Toşkentda içimlik suvi apparatlaridagi pullarni öğirlagan guruh uşlandi

Toşkentda içimlik suvi apparatlaridagi pullarni öğirlagan guruh uşlandi

Toşkentning Uçtepa va Yunusobod tumanlarida köçalarga örnatilgan içimlik suvi apparatlarini buzib, içidagi pullarni öğirlaga…
10:11 / 19.11.2026
Saida Mirziyoyeva “Aman Group” va “Capital Group” rahbarlari bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva “Aman Group” va “Capital Group” rahbarlari bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Buxoroda “Aman Group” raisi Vladislav Doronin hamda “Capital Group” direktorlar kengaşi raisi Pavel Tyo bi…
11:02 / 18.11.2026
Trampga suiqasd uyuştiriş rejasida qatnaşgan pokistonlik 27 yilga qamaldi

Trampga suiqasd uyuştiriş rejasida qatnaşgan pokistonlik 27 yilga qamaldi

Eron hukumati bilan aloqalari bölgan pokistonlik Osif Merçant AQŞ prezidenti Donald Tramp va boşqa amerikalik siyosatçilarga…
10:51 / 18.11.2026
Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda tibbiy mahsulotlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş doirasida turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida san…
14:39 / 19.11.2026
Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

19-noyabr kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ta’limni rivojlantiriş istiqbollariga bağişlangan Erasmus+ eks…
17:52 / 19.11.2026
Qirğiziston yana 18 ta davlat fuqarolari uçun vizasiz rejim joriy etmoqçi

Qirğiziston yana 18 ta davlat fuqarolari uçun vizasiz rejim joriy etmoqçi

Qirğiziston hukumati yana 18 ta davlat fuqarolari uçun vizasiz tartib joriy etişni taklif qilmoqda. Şuningdek, xorijliklarni…
15:10 / 18.11.2026
Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaş yiğilişida mamlak…
14:56 / 19.11.2026
Samarqandda uç kişini Umraga yuborişni va’da qilgan firma rahbari uşlandi

Samarqandda uç kişini Umraga yuborişni va’da qilgan firma rahbari uşlandi

Samarqandda uç nafar fuqaroni tegişli litsenziyasiz Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, buning evaziga 3 750 AQŞ dollari …
09:18 / 19.11.2026
Xitoyda Si Szinpinning Putin va Trampga munosabati OAV e’tiborini tortdi

Xitoyda Si Szinpinning Putin va Trampga munosabati OAV e’tiborini tortdi

Xitoyda ötkazilayotgan APEC sammiti doirasida Xitoy raisi Si Szinpinning Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQŞ prezidenti…
09:28 / 19.11.2026
O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar va moliyaviy xizmatlar sohasida Turkiya bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda…
14:46 / 19.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!