$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

Toshkentdagi bozorlardan birida “soliq” undirib yurgan ayol qo‘lga olindi (video)

09:40 / 04.12.2021

Toshkent shahrida yashovchi fuqaro Yunusobod dehqon bozori hududidagi yer osti yo‘lagida kiyim-kechaklar savdosi bilan shug‘ullanuvchilar faoliyatiga to‘sqinlik qilib, ulardan pul talab qilgan.

U mazkur hududda savdo bilan shug‘ullanishni xohlovchilarga, har oyda 250 AQSh dollari miqdorida soliq solgan.

Joriy yilning noyabr oyi boshlarida bir necha fuqarolar Toshkent shahar IIBBga bu haqda murojaat qilishgan.

Mazkur murojaatda Yunusobod dehqon bozori atrofidagi yoyma savdo rastalarida Laylo ismli fuqaro savdo-sotiq ishlariga to‘sqinlik qilib, ta’magirlik yo‘li bilan pul talab qilayotgani aytilgan.

O‘rganishlarda haqiqatan ham mazkur ayol mazkur hududda savdo qiluvchilardan noqonuniy pul undirib kelayotgani aniqlangan.

Mazkur faktlar asosida olib borilgan tezkor tadbir jarayonida Laylo ismli ayol fuqarolardan 200 dollar miqdorida pul olayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan. To‘plangan hujjatlar qonuniy baholash uchun Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasigaga topshirildi.

Dastlabki tergov surishtiruv ishlarida aniqlanishicha, mazkur shaxs joriy yilning fevral-noyabr oylari oralig‘ida fuqarolardan jami 73 million so‘m miqdorida “soliq” undirgan.

Mazkur holat yuzasidan Laylo ismli shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

 


Bu ham qiziq

Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Özbekistonda birlamçi tibbiy yordam sifatini yaxşilaş maqsadida 100 million dollar imtiyozli kredit ajratişni ma…
10:19 / 19.11.2026
O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda keramik plita, bazalt qoplama, qurilish oynasi va gazoblok kabi 161 turdagi mahsulotni ishlab chiqarish quvvat…
15:23 / 20.11.2026
AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

Özbekistonda AI-80 markali benzin birja savdolariga çiqarildi. Biroq uşbu mahsulot avtomobillarga yoqilği sifatida quyiş şox…
14:50 / 20.11.2026
AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

1996-yilda olmos sotuvçisini öldirganlikda ayblanib, ölim jazosiga hukm qilingan Reynaldo Dennesning qatl etilişi bir soatda…
14:46 / 20.11.2026
Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkentda Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning bir…
13:56 / 19.11.2026
Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Prezident Şavkat Mirziyoyev quriliş materiallari sanoatidagi natijalar va yangi eksport imkoniyatlariga töxtalib, yaqin yill…
15:08 / 20.11.2026
Özbekistonda banklar mijozlarga naqd pul berişni uzluksiz ta’minlaşi şart

Özbekistonda banklar mijozlarga naqd pul berişni uzluksiz ta’minlaşi şart

Özbekistonda aholi va tadbirkorlarning naqd pul oliş huquqini kafolatlovçi yangi tartib joriy etiladi. Unga köra, banklar fu…
16:18 / 19.11.2026
Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Samarqand, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami 3,1 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vosital…
09:27 / 20.11.2026
Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaş yiğilişida mamlak…
14:56 / 19.11.2026
Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 2026-yilning yanvar-oktabr oylarida korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim bilan mehnat şartnomasi bekor qilin…
09:49 / 20.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!