$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Turkiy davlatlar insoniyat oldida turgan global muammolarni hal etishda tobora muhim rol o‘ynaydi – Mirziyoyev

12:37 / 04.12.2021

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning markaziy gazetasi – “Yegemen Qazaqstan” gazetasiga intervyu berdi. Davlat rahbari gazeta muxbirining O‘zbekiston taraqqiyoti, ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari hamda Markaziy Osiyodagi hamkorlikka oid savollariga javob bergan.

Jumladan, mazkur nashr muxbiri O‘zbekiston rahbaridan Turkiy davlatlar tashkiloti imkoniyatlarini qanday baholashi hamda tashkilotning turkiy dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda qanday amaliy rol o‘ynashi haqida so‘radi.

– Turkiy davlatlar tashkilotini biz hali foydalanilmagan va birlashtiruvchi salohiyatga ega mintaqaviy hamkorlikning samarali mexanizmi sifatida ko‘ramiz.

Tashkilotning ahamiyati haqida gapirganda, avvalo, muhtaram oqsoqolimiz Nursulton Nazarboyevning turkiy dunyoni birlashtirish g‘oyasini konseptual ishlab chiqish va amalga oshirishdagi, shuningdek, bu boradagi ulkan, fundamental rolini alohida ta’kidlamoqchiman.

Bu tuzilma turkiy davlatlarning til va din mushtarakligiga, tarixiy-madaniy aloqalariga asoslanibgina qolmay, eng muhimi, ularning muloqoti va hamkorligi, eng avvalo, iqtisodiy va barqaror rivojlanish, zamonaviy chaqiriqlarga mos javoblarni birgalikda ishlab chiqishni chuqurlashtirishdan manfaatdorligi tufayli rivojlanmoqda.

Shu bois O‘zbekiston Turkiy kengashga to‘laqonli a’zo sifatida qo‘shildi va 12-noyabr kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan sakkizinchi sammitda uning Turkiy davlatlar tashkilotiga aylanishini qo‘llab-quvvatladi.

Bugungi kunda tashkilot oldida qator muhim vazifalar turibdi. Bizningcha, bu, birinchi navbatda, ishtirokchi davlatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish va mustahkamlashdir. Shu munosabat bilan biz o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish uchun turkiy davlatlar o‘rtasida savdo hamkorligi ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish taklifini ilgari surdik. Ishtirokchi davlatlarning transport sohasida o‘zaro hamkorlik dasturining qabul qilinishi tashkilotning integrasiya salohiyatini ro‘yobga chiqarishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.

Shuningdek, innovatsion va texnologik rivojlanishning yangi modeliga o‘tish, jumladan, yashil, ekologik toza, energiya tejovchi va xavfsiz texnologiyalarni joriy etish, ekologik inqiroz oqibatlarini yumshatish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tashabbuslarni amalga oshirish, turizmdan barqaror rivojlanish omili sifatida foydalanishda ham kuchlarni birlashtirishimiz kerak. Ekologik ofatlardan eng ko‘p jabr ko‘rgan mintaqa – Orol dengizi bo‘yidagi turkiy davlatlarning ekologik tuzilmasini shakllantirish bo‘yicha barqaror ekspertlar va IT-mutaxassislar platformasi, shtab-kvartirasini yaratish tashabbusi ham shunga qaratilgan.

Mamlakatlarimiz taraqqiyotida yoshlarning o‘rni ortib borayotganini hisobga olib, ularning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish maqsadida 2022-yilni Turkiy dunyoda “Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilishni taklif qildik.

Ishonchim komilki, turkiy davlatlar ulkan resurslar – tarixiy, madaniy va ma’naviy merosga eng boy, ulkan intellektual va iqtisodiy salohiyat, bag‘rikenglik va ma’rifat an’analariga ega va u insoniyat oldida turgan global muammolarni hal etishda tobora muhim rol o‘ynaydi, – dedi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.


Bu ham qiziq

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!