Turkiya hukumati 2023-yilda respublika janubi-sharqida sodir bo‘lgan dahshatli zilzila qurbonlariga yangi uylar kalitlarini topshirdi. Bu haqda “TACC” ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, marosim Hatay viloyatida Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ishtirokida bo‘lib o‘tgan.
“Bugun 7 ming 275 nafar fuqaroga uy kaliti topshirilmoqda. Shundan 6 ming 572 nafari viloyat va tuman markazlarimizda, 703 nafari qishloq joylarda. Ikki oy muddatda zilzila sodir bo‘lgan hududda 75 mingta uy-joy qurilishini yakunlaymiz”, – dedi davlat rahbari.
Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, yil oxirigacha jabrlanganlar uchun 200 ming uy foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Turkiya hukumati zilzilalardan jabrlangan hududlarda bosqichma-bosqich yangi uylar qurmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!