Kamaru Usman oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi “xeyter”lariga kutilmagan xabar qoldirdi.
“Kimda-kim mening ushbu “stories”imni tomosha qilayotgan boʻlsa, sizlardan oʻzingizni boʻgʻib oʻldirishingizni soʻrayman. 2022-yil boshlandi va sizning hayotingiz boshqalarni kuzatishga qaratilgan.
Yaxshisi oʻzingizni oʻldiring. Men sizning hayotingizni emas, oʻz hayotimni tomosha qilishdan zavqlanaman”, — degan Usman ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Bir necha soat oʻtgach, Kamaru oʻzining oʻta gʻalati gaplariga izoh berdi.
“Vaziyatga oydinlik kiritib beray – bu men tomondan juda qattiq qoʻpollik boʻlganini tushunaman. Ertalab soat toʻrt edi, oʻzimni boshqacha his qildim va umuman keraksiz gaplarni yozdim.
Bu videolavha kuzatuvchilarim orasidagi men yomon koʻradigan odamlar uchun aytilgan gaplar edi”, — deya oʻsha postiga izoh bergan nigeriyalik sportchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Usman Nigeriyada ham UFC’ni rivojlantirmoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!