$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

USAID o‘zbekistonlik yoshlar bandligini ta’minlashni qo‘llab-quvvatlashga $10 mln ajratadi

16:41 / 02.02.2022

O‘zbekistonda yoshlar bandligini ta’minlashni qo‘llab-quvvatlash maqsadida AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) yangi dasturini ishga tushirdi. Besh yilga mo‘ljallangan dasturning umumiy qiymati 10 million AQSh dollariga teng.

Yangi tashabbus 2022-yil yanvar oyida boshlangan bo‘lib, maktabning 8-11-sinf o‘quvchilariga O‘zbekiston iqtisodiyotida malakali ishchi yoki tadbirkor sifatida ishlash uchun zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkonini beradi. Dastur maktabda va maktabdan tashqarida o‘quvchilarni maktabni bitirganlaridan so‘ng ishga muvaffaqiyatli o‘tishni ta’minlashga qaratilgan. Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari tomonidan amalga oshirilayotgan dastur qizlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish joylaridagi rollarini yanada oshirishga, ularning salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan. Dastur shuningdek, xususiy sektor bilan yaqindan hamkorlik qilib, Xalq ta’limi vazirligi xodimlarining dasturning har bir bosqichida ishtirok etishi va uning  barqarorligini ta’minlash uchun salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

“USAID O‘zbekiston Hukumatini inson kapitali salohiyatini rivojlantirish yo‘lida olib borayotgan ishlarida qo‘llab-quvvatlaydi, hamda mamlakat yoshlarini mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirib kelishida o‘z hissasini qo‘shish imkoni yaratilganidan juda mamnun”, – dedi USAIDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Mikaela Meredit.

Amerika kengashlari ushbu tashabbusning barcha jabhalarida USAIDning ta’lim bo‘yicha asosiy hamkori Xalq ta’limi vazirligi bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Shuningdek, dasturning muvafaqqiyatli amalga oshirish uchun xalqaro va mahalliy tashkilotlar jamoasini loyihaga jalb qiladilar. Yoshlar mehnat resurslarini rivojlantirish va tadbirkorlik sohasida global darajadagi tajribaga ega bo‘lgan texnik hamkor sifatida – “World Learning” Xalqaro tashkiloti xizmatlaridan foydalaniladi.

Loyihaning besh yili davomida Amerika kengashlari mehnat bozorining o‘ziga xos ehtiyojlarini tushunish, natijalarni monitoring qilish va ularni baholash, ayollar va qizlar va nogironligi bor shaxslarni mehnat bozoriga jalb etilishini ta’minlash uchun mahalliy ekspertlar bilan ishlaydi. Shuningdek, maslahatchi, murabbiy sifatida jalb etiladigan va amaliyot o‘tash joylarini ta’minlaydigan kompaniyalar, xususiy sektor bilan ishlashda davlat idoralariga ko‘maklashadi.


Bu ham qiziq

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!