$
12055.90 UZS
44.25
₽
144.16 UZS
0.99
€
13572.53 UZS
109.87
31° Kechasi 18°

“uz” domenidagi 9,5 mingta sayt behayolik va zo‘ravonlikni targ‘ib qilgani uchun ogohlantirilgan

16:58 / 28.05.2022

Senatning navbatdagi yalpi majlisida Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentiligi rahbari Asadjon Xo‘jayev zararli axborotlarni internet tarmoqlari orqali tarqalish va ularning nazorati xususida to‘xtalib o‘tdi.

2021-2022-yillarda veb-saytlarda diniy hamda milliy-etnik adovatni qo‘zg‘ovchi 18 mingdan ortiq materiallar aniqlangan. Jami 3 134 ta xorijiy veb-saytlar aniqlangan bo‘lib, ular pornografiya, zo‘ravonlik, behayolik va narko-xizmatlarni targ‘ib qiluvchi saytlar bo‘lgani uchun tegishli idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston hududida ularga kirish cheklangan.

“O‘zimizning veb-saytlarda ham bu kabi qonunbuzarliklar aniqlanib turadi. Masalan, 9,5 mingta “uz” domenida ro‘yxatdan o‘tgan saytlarda behayolik, maʼnaviy buzuqlik, zo‘ravonlik, qimor, alkogol yoki tamaki mahsulotlarini reklama qilish yoki targ‘ib qilish kabi huquqbuzarliklar aniqlangan. Bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ishlab, jami 2022-yilning 1-choragida 952 ta huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha ishlarni amalga oshirib kelyapmiz”, – deydi AOKA rahbari.

Shuningdek, egalari xorijda bo‘lgan ijtimoiy tarmoq va messenjerlardagi kanal va shu kabi platformalarda tarqatilayotgan zararli axborotlar bo‘yicha ham ish olib borilayotgani va bu borada xorijiy maʼmuriyatlar bilan aloqalar o‘rnatilgani taʼkidlandi.

“Ammo bu boradagi ishlar qanoatlantiradigan darajada emas, yaʼni yuborilgan so‘rovlardan 60-70 foizigina ko‘rib chiqilyapti”, – deydi Xo‘jayev.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda energetika sohasiga 4,7 milliard dollarlik bitimlar imzolandi

O‘zbekistonda energetika sohasiga 4,7 milliard dollarlik bitimlar imzolandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Uchrashuvda energet…
14:51 / 16.10.2026
Solyariyga muntazam qatnagan 30 yoshli ayol melanoma sabab vafot etdi

Solyariyga muntazam qatnagan 30 yoshli ayol melanoma sabab vafot etdi

Angliyaning Manchester shahrida yashagan 30 yoshli Chelsi Tantum teri saratonining xavfli turi — melanomadan vafot etdi. U 1…
09:58 / 16.10.2026
Toshkentning Sergeli tumanida 1,7 gektarlik sun’iy ko‘l qurilmoqda

Toshkentning Sergeli tumanida 1,7 gektarlik sun’iy ko‘l qurilmoqda

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi Qumariq mahallasida 1,7 gektar maydonda favvorali sun’iy ko‘l qurilishi boshlandi. Lo…
16:39 / 15.10.2026
Komil Allamjonov Trampning maxsus yordamchisi bilan uchrashdi

Komil Allamjonov Trampning maxsus yordamchisi bilan uchrashdi

“Bugun AQSh Prezidentining maxsus yordamchisi, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direk…
09:09 / 17.10.2026
Farg‘onada gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida 1,4 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Farg‘onada gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida 1,4 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida baliqxona va savdo do‘konida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.…
16:52 / 15.10.2026
Data-markazlar uchun elektr ta’minoti infratuzilmasi oldindan rejalashtiriladi

Data-markazlar uchun elektr ta’minoti infratuzilmasi oldindan rejalashtiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev energetika sohasidagi investorlar bilan muloqotda yangi elektr stansiyalari bilan bir qatorda e…
15:03 / 16.10.2026
Prezident administratsiyasi rahbari Turkiya Respublikasi Prezidenti Kotibiyati rahbari hamda Prezident Administratsiyasi Bosh kotibi bilan uchrashdi

Prezident administratsiyasi rahbari Turkiya Respublikasi Prezidenti Kotibiyati rahbari hamda Prezident Administratsiyasi Bosh kotibi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Erdo‘g‘an bilan uchrashuvdan so‘ng, Turkiya Respublikasi Prezidenti Kotibiyati rahbari hamda Prezident Adm…
09:23 / 16.10.2026
Toshkent viloyatida 15 kg narkotik musodara qilindi

Toshkent viloyatida 15 kg narkotik musodara qilindi

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 15 kilogramm giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga …
09:49 / 16.10.2026
O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda ilk bor energetika sohasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqilib, ochiq e’lon qilinadi. …
15:39 / 16.10.2026
Surxondaryoda 5-sinf o‘quvchisi avtomobil boshqarib uni ijtimoiy tarmoqlarga joyladi

Surxondaryoda 5-sinf o‘quvchisi avtomobil boshqarib uni ijtimoiy tarmoqlarga joyladi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan shaxs tomonidan transport vositasini boshqargan holati yuzasidan munosabat berildi.
11:14 / 17.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!