$
12413.79 UZS
-52.65
154.86 UZS
-0.56
14468.27 UZS
-48.9
33° Kechasi 21°

"UzAuto Motors" avtomobillar uchun shartnoma tuzishni yana bir necha kunga to‘xtatdi

15:03 / 09.01.2023

Joriy yilning 4-yanvar sanasidan boshlab "UzAuto Motors SAP" hisob dasturiy ta’minotini amalga oshirish va mahsulot inventarizasiyasini o‘tkazayotganligi munosabati bilan, ushbu muddatda kontraktasiya shartnomasini tuzish, barcha avtomobillarni topshirish va to‘lovlarni qabul qilish vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Bugun, 9-yanvar kuni kompaniya ushbu muddatni yana uzaytirganini ma’lum qildi.

“Barcha avtomobillarni topshirish va to‘lovlarni qabul qilish yana bir necha kunga to‘xtatiladi. Bundan tashqari, dasturiy ta’minotni ishga tushirish tadbirlarining o‘tkazilishi munosabati bilan "UzAvtoSavdo" ilovasi faoliyati ham vaqtincha to‘xtatib turilishi mumkin”,– deyiladi xabarda.

Dasturiy ta’minotni yangilash va inventarizasiya ishlari yakunlangandan so‘ng, kontraktasiya shartnomalarini tuzish, oldindan to‘lovni qabul qilish va avtomobilni yetkazib berish to‘liq hajmda qayta tiklanadi.

“Iste’molchilarimizni ishontirib ayta olamizki, 2022-yil, yangi yil arafasida avtomobil yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgan va vaqtinchalik cheklov uchun oldindan to‘lovni amalga oshira olmagan shaxslar ish qayta tiklanganidan so‘ng, avtomobil uchun oldindan to‘lovni amalga oshirishi mumkin. Shu bilan birga, ular tomonidan avtomobil yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar o‘z kuchida qoladi, faqat oldindan to‘lov muddati uzaytiriladi”– deyiladi kompaniya xabarida.

"UzAuto Motors" kompaniyasi iste’molchilardan yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun so‘ramoqda.


Bu ham qiziq

O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat i…
19:30 / 22.08.2025
Navoiyda to‘lov terminalini o‘g‘irlagan uch yigit qo‘lga olindi

Navoiyda to‘lov terminalini o‘g‘irlagan uch yigit qo‘lga olindi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
11:45 / 22.08.2025
“Avaza”da Turkmaniston, Ozarbayjon va O‘zbekiston davlat rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

“Avaza”da Turkmaniston, Ozarbayjon va O‘zbekiston davlat rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon yetakchilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
18:23 / 22.08.2025
23-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

23-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 34-36 daraja issiq bo‘ladi
22:41 / 22.08.2025
22-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

22-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:48 / 21.08.2025
Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Prezident Toshkentga qaytib keldi.
09:28 / 23.08.2025
Hindistonda pul tikiladigan onlayn o‘yinlar taqiqlanadi

Hindistonda pul tikiladigan onlayn o‘yinlar taqiqlanadi

Bozorning 78% ulushini mobil o‘yinlar tashkil qiladi.
15:03 / 22.08.2025
Kolumbiyada aviabaza yaqinida portlashda besh  kishi halok bo‘ldi

Kolumbiyada aviabaza yaqinida portlashda besh  kishi halok bo‘ldi

Kolumbiyaning Kali shahridagi havo kuchlari bazasi yaqinida sodir bo‘lgan portlashda kamida 5 kishi halok bo‘ldi, 36 kishi y…
11:03 / 22.08.2025
O‘zbekiston bilan savdo aloqalari o‘rnatgan davlatlarning soni qariyb 200 taga yetdi

O‘zbekiston bilan savdo aloqalari o‘rnatgan davlatlarning soni qariyb 200 taga yetdi

Bir necha yildan buyon asosiy savdo hamkorlar Xitoy va Rossiya bo‘lib kelmoqda
21:25 / 21.08.2025
O‘tgan 6 oy ichida ishlab chiqarish va savdo aylanmasi bir necha o‘n foizga o‘sdi

O‘tgan 6 oy ichida ishlab chiqarish va savdo aylanmasi bir necha o‘n foizga o‘sdi

Bunga sabab yurtimizda qariyb 50.000 ga yaqin sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda
20:17 / 21.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!