UzAuto Motors kecha, 4-avgustdan boshlab mashinalar uchun shartnoma berish boshlanganini e’lon qilgan edi.
Shartnoma berish boshlanganidan bir kun o‘tib bugun, 5-avgust kuni UzAuto Motors kontraktatsiyalar uchun to‘liq tuzib bo‘lganini e’lon qildi.
"Chevrolet Lacetti, Cobalt va Damas avtomobillarining 2023-yil uchun qo‘shimcha partiyasiga kontraktatsiyaning dastlabki 2 kunida to‘liq shartnoma tuzildi.
4-5-avgust kunlari ushbu avtomobil modellarini xarid qilish uchun 50 000 dan ortiq shartnoma imzolandi. Qolaversa, sizga shuni ma’lum qilamizki, shartnomalarning bir qismi bo‘yicha to‘lov o‘z vaqtida, 7 kalendar kundan keyin amalga oshirilmasa ushbu shartnomalar yana qayta kontraktatsiya uchun ochiq bo‘ladi”–deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!