$
12648.12 UZS
-26.88
138.42 UZS
0.06
13622.03 UZS
5.28
30° Kechasi 17°

"Vaqt o‘tgan sayin xalq farovonligining asosi tinchlik ekanini anglab yetyapman" - Saida Mirziyoyeva

15:41 / 14.01.2024

O‘zbekiston Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi.

"Oftob tafti, tandirdan yangi uzilgan issiqqina kulcha, oila davrasida fayzli oqshomlar, boshimiz uzra musaffo osmon... Vatan deganda birinchi bo‘lib shular ko‘z oldimizga keladi.

Vaqt o‘tgan sayin mamlakat rivoji va xalq farovonligining asosi TINCHLIK ekanini yanada chuqurroq anglab yetyapman. Xavfsizlik va osoyishtalikni ta’minlashda yurtimiz himoyachilarining o‘rni beqiyosdir. Ular orasida jasur ayollarimizning borligi alohida tahsinga loyiq.

Ushbu shukuhli kunda mardonavor mehnatingiz hamda Vatanga bo‘lgan sadoqatingiz uchun sizga o‘z ehtiromimni, minnatdorligimni izhor etishni istardim.

Bugun sizga, haqiqiy qahramonlarga qarab, qalblarimiz o‘zgacha g‘urur-iftixorga to‘ladi. Zero, siz zimmangizga yuklatilgan davlat mustaqilligi va daxlsizligini ta’minlashdek sharafli burchni munosib ado etmoqdasiz.
 
Vatan himoyachilari kuni muborak bo‘lsin! Siz tufayli orzu-niyatlar qilish, mehr ulashish va shunchaki baxtli hayot kechirish imkonimiz borligi uchun katta rahmat!", deyiladi tabrik matnida.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda 3 oyda  qancha qurilish ishlari bajarilgan?

O‘zbekistonda 3 oyda qancha qurilish ishlari bajarilgan?

Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,8 foizga oshgan.
15:08 / 06.05.2024
Isroilning Rafahga uyushtirgan havo hujumlarida 16 kishi halok bo‘ldi

Isroilning Rafahga uyushtirgan havo hujumlarida 16 kishi halok bo‘ldi

Qurbonlarning to‘rt nafari bolalar, jumladan, olti oylik chaqaloq ham bor.
17:04 / 06.05.2024
Quyoshda yana bir kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Quyoshda yana bir kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Qayd etilishicha, bu bir hafta ichida ikkinchi marotaba sodir bo‘lgan.
16:41 / 06.05.2024
O‘zbekistonda qancha odam Instagram ishlatadi?

O‘zbekistonda qancha odam Instagram ishlatadi?

Ma’lum qilinishicha, foydalanuvchilarning 37,0 foizini ayollar, 63,0 foizini esa erkaklar tashkil qiladi.
10:20 / 06.05.2024
Endi istalgan qon guruhini 1-guruh qoniga aylantirish mumkin

Endi istalgan qon guruhini 1-guruh qoniga aylantirish mumkin

Ma’lumki, birinchi qon guruhi universal bo‘lib, boshqa istalgan qon guruhidagi odamga uni quyish mumkin.
14:33 / 05.05.2024
Japarov ham Moskvadagi g‘alaba paradida ishtirok etadi

Japarov ham Moskvadagi g‘alaba paradida ishtirok etadi

Bu haqda RIA Novosti Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib yozmoqda.
09:56 / 06.05.2024
Saudiya Arabistoni Osiyo uchun barcha turdagi neft narxini oshirmoqda

Saudiya Arabistoni Osiyo uchun barcha turdagi neft narxini oshirmoqda

Boshqa yengilroq va og‘irroq turdagi neft narxi ham may oyiga nisbatan oshdi.
16:48 / 06.05.2024
Keniyada suv toshqini qurbonlari soni 228 kishiga yetdi

Keniyada suv toshqini qurbonlari soni 228 kishiga yetdi

Yomg‘irlar Sharqiy Afrikaning boshqa mamlakatlariga ham ta’sir qilgan.
15:03 / 06.05.2024
Samarqandda 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Samarqandda 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi: O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 06.05…
10:53 / 06.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!