O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-avgust kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
Xalqaro va ikki tomonlama kun tartibining dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Rossiya Prezidenti davlatimiz rahbariga 15-avgust kuni Ankorij shahrida o‘tgan Rossiya-AQSH sammitining asosiy natijalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Shavkat Mirziyoyev erishilgan kelishuvlarni qo‘llab-quvvatlab, Ukraina atrofidagi vaziyat tez fursatda tartibga solinishiga umid bildirdi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikning hozirgi sur’atini saqlab qolish hamda O‘zbekiston va Rossiya korxonalarining ustuvor kooperatsiya loyihalarini jadallashtirishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan choralar ko‘rish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Barcha darajalarda faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!