$
12880.35 UZS
-29.8
156.68 UZS
-3.1
14535.47 UZS
-125.3
33° Kechasi 20°

Voyaga yetmaganlarga jinsiy tajovuz qilganlarga amnistiya qo‘llanilmaydi

17:04 / 11.01.2023

Adliya vazirligi tomonidan xotin-qizlar, bolalar va keksa yoshdagi ota-onalarning huquqlarini himoya qiluvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Loyihada bolalar va xotin-qizlarning tazyiq va zo‘ravonlikka uchrashining oldini olish choralari samaradorligini oshirish, oila institutini mustahkamlash, ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilashga qaratilgan bir qator takliflar ilgari surilmoqda.

Unga ko‘ra, 18 yoshga to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga tegish, unga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish, fohishalikka jalb qilish, voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan pornografik mahsulotni tayyorlash uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Xususan, ularga nisbatan:

— jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qo‘llanilmaydi;

— ayolni homilasini sun’iy tushirishga majburlash, nomusga tegish yoxud jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish, shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish, 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish uchun jazo og‘irlashtirilmoqda;

— shaxs hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilganlik (intim hayot daxlsizligini buzish) uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda;

— jamoat joylarida shaxsga shilqimlik qilish: uning qaddi-qomatini shahvoniy mazmunda tasvirlash, shu mazmundagi so‘zlar bilan chaqirish, izohlash, qiyoslash, shahvoniy maylni ko‘rsatuvchi harakatlar qilish uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda;

— shaxsning hayoti va sog‘lig‘i, erkinligi, sha’ni va qadr qimmatiga, O‘zbekiston Respublikasiga, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar voyaga yetmaganlarga xizmat ko‘rsatiladigan ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida ishlashi taqiqlanmoqda.


Bu ham qiziq

Boks. O‘zbekiston terma jamoasi World Boxing kubogida ishtirok etadi

Boks. O‘zbekiston terma jamoasi World Boxing kubogida ishtirok etadi

Tarkibda Olimpiada va jahon chempioni ham bor.
12:29 / 10.05.2025
Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoyning Jiangsu World Group korporatsiyasi Surxondaryo viloyatidagi paxta yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha avtomatla…
20:25 / 08.05.2025
Hindistonda 32 ta aeroport faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Hindistonda 32 ta aeroport faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlik kuchaygani fonida Hindiston 32 ta aeroportni fuqarolik reyslari uchun yopdi. Bu …
12:12 / 10.05.2025
Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

“Tolibon” bu o‘yinni man etib, mamlakat shaxmat federatsiyasini yopishga qaror qildi.
12:31 / 11.05.2025
Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Joriy yil 1-may holatiga ko‘ra, Soliq mobil ilovasida 10 million 965 ming nafardan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.
12:10 / 11.05.2025
9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
21:16 / 08.05.2025
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi

Joriy yil 1-may holatiga ko‘ra, respublika oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi. Bu tarixiy rekor…
10:47 / 10.05.2025
10-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

10-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.
03:38 / 10.05.2025
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 2,9 foizga o‘sdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 2,9 foizga o‘sdi

Oʻzbekiston Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, may oyi boshida respublikaning oltin-valyuta zaxiralari 49,2 milliard dolla…
18:47 / 09.05.2025
O‘zbekistonda saratonga qarshi kurash milliy rejasi ishlab chiqilmoqda

O‘zbekistonda saratonga qarshi kurash milliy rejasi ishlab chiqilmoqda

O‘zbekistonda saraton kasalligiga qarshi kurash milliy rejasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda JSSTning O‘zbekistondagi matbuot …
21:02 / 09.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!