Xavi jamoa Chempionlar ligasini tark etganidan soʻng, Laporta bilan boʻlgan suhbat haqida gapirdi.
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes “Valensiya” bilan Ispaniya chempionati 12-tur uchrashuvi oldidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida jamoa Chempionlar ligasini tark etganidan keyin klub prezidenti Joan Laporta bilan boʻlgan suhbat haqidagi savolga javob berdi.
“Klub prezidenti bilan gaplashdimmi? Ha. Biz tez-tez muloqot qilamiz. Darhaqiqat, har bir oʻyinga birga boramiz. Biz bilan nima boʻlganini gaplashdik.
Ichki tashxis aniq. Chempionlar ligasida bizning nazoratimizdan tashqarida boʻlgan narsalar bor edi. Ayrim jihatlar nazoratdan chiqib ketdi va biz xohlagan natijalarga erisha olmadik.
Biz esa Prezident bilan tez-tez koʻrishib, muloqot qilib turamiz. Bizda doʻstlik va shuningdek, Chempionlar ligasida sodir boʻlgan voqealarga qaramay, qilayotgan ishimizga ishonchimiz bor.
“Barselona” oʻz gʻoyasidan chetga chiqa olmaydi. Shubhasiz, biz sovrinlardan birini qoʻlga kiritish imkoniyatini qoʻldan boy berdik, ammo boshqa unvonlar uchun kurashish imkoniyati bor”, – deydi Xavi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!