O‘zbekiston elchixonasi va Xitoy tomoni bilan hamkorlikda ushbu davlatda vaqtincha yashab, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayollar vataniga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi ma’lum qilmoqda.
O‘zbekiston elchixonasi xodimlari tomonidan 22-dekabr kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Pekin-Toshkent reysi orqali Xitoy tomoni bilan kelishilgan holda O‘zbekistonga qaytarilgan vatandoshlarga konsullik tomonidan huquqiy yordam ko‘rsatilgan.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda Xitoyning tegishli vazirlik va idoralari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatilgan. Shuningdek, diplomatlar xorijiy mamlakatda qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarga sifatli yuridik yordam va tezkor konsullik xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirmoqdalar.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!