Suriyadagi nasroniylar rojdestvo daraxti yoqib yuborilgani uchun norozilik bildirishmoqda. Mamlakatning yangi rasmiylarining aytishicha, o‘t qo‘yishda aybdorlar hibsga olingan.
Damashqning ayrim hududlarida odamlar ko‘chalarga xoch va Suriya bayroqlari bilan chiqishgan. Shuningdek, ular: “Biz xochimiz uchun o‘zimizni qurbon qilamiz”, – deb baqirishgan.
Namoyishlar asosan nasroniy aholisi bo‘lgan Skalbiya shahrida asosiy maydonda turgan rojdestvo daraxti yoqib yuborilgandan so‘ng boshlangan.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda niqob kiygan qurollangan odamlar tomonidan daraxtga o‘t qo‘yilgani aks etgan kadrlar paydo bo‘lgan edi.
Suriyada hokimiyatni qo‘lga kiritgan “Hayyat Tahrir ash-Shom” guruhi (Rossiyada terrorchi tashkilot sifatida taqiqlangan) o‘t qo‘yishda aybdor bo‘lganlar chet ellik jangarilar ekanligini va ular allaqachon hibsga olinganligini aytgan.
“Hayyat Tahrir ash-Shom” ham shikastlangan daraxtni darhol tiklashga va’da bergan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!