Xitoy shimolidagi Shansi provinsiyasida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda 14 kishi halok bo‘ldi, 37 kishi jabrlandi. Bu haqda "Sinxua" agentligi mahalliy hokimiyatga tayanib yozadi, deb xabar beradi “Kazinform”.
Unga ko‘ra, Shansi provinsiyasidagi Xux-Xoto – Beyxay tez yo‘lida yo‘lovchi avtobusi tunnel devoriga borib urilgan. Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruvchilar yetib kelgan.
Hozirda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!