Xonanda Sharof Muqimov kecha, 19-dekabr kuni uch nafar egizak oʻgʻillarning otasiga aylandi. Ijodkor bu haqida oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qilgan.
Sharof Muqimov farzandlariga ustozlarining, jumladan chaqaloqlardan biriga Tohir Sodiqovning ismini qoʻyishi haqida aytib oʻtgan.
Sharof Muqimov 2010-yilda xonanda Sevinch Moʻminova bilan oila qurgan, oradan bir muddat oʻtib ijodkorlar ajrashishga qaror qilishgan. Juftlikning Leyla ismli qiz farzandlari bor.
2019-yilning iyun oyida esa ijodkor surxondaryolik muxlisi bilan turmush qurgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!