$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

Xorazmda ijtimoiy muammolarni hal qilishga bu yilgi davlat dasturlarida ko‘zda tutilgan 1,5 trillion so‘mga qo‘shimcha 400 milliard so‘m ajratiladi

15:49 / 31.03.2023

Urganch shahrida 31-mart kuni xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zladi.

 

– Bugun mana shu qadim va tabarruk zaminda, muborak Ramazon oyida siz, aziz yurtdoshlarim bilan ko‘rishib turganimdan g‘oyat mamnunman, – dedi davlat rahbari.

– Agar tahlil qilsak, Xorazmda ko‘p narsalar o‘zgardi. Lekin zamon shiddat bilan o‘tyapti, aholining talabi o‘sib boryapti. Biz shunga munosib harakat qilishimiz kerak. Shuning uchun ishimizni tanqidiy ko‘rib, katta-katta marralar olishimiz kerak.

 

Yig‘ilish avvalida Xorazm viloyatidagi o‘zgarishlar qayd etib o‘tildi. Oxirgi olti yilda maktabgacha ta’lim qamrovi 22 foizdan 79 foizga yetkazildi. 131 ta maktab qurildi va rekonstruksiya qilindi. 580 ming aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

 

Viloyatdagi 531 ta mahallani obod qilishga qo‘shimcha 1 trillion so‘m, tuman markazlari yo‘llarini ta’mirlash, piyodalar yo‘lagi va yoritgichlarga 50 milliard so‘m ajratilgan.

 

Aholini uy-joy bilan ta’minlash ishlari ham jadallashgan. Oxirgi besh yilda 9 ming 500 ta xonadonli uylar foydalanishga topshirilgan. Bu xayrli ishlarning davomi sifatida Urganch shahrida Al-Xorazmiy shaharchasi qurilishi boshlandi.

 

Sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatishda 1,5 milliard dollarlik 7 mingta loyiha doirasida yangi korxonalar ishga tushdi. Bu orqali 50 mingta yangi doimiy ish o‘rinlari yaratilib, 19 mingta oila kambag‘allikdan chiqarildi.

 

Ishlab chiqarish 1,5 baravarga ko‘paydi, sanoat eksporti 190 million dollarni tashkil etdi. Ayniqsa, to‘qimachilik, avtomobilsozlik, oziq-ovqat, elektrotexnika va qurilish materiallari ishlab chiqarish 2 baravarga o‘sdi.

 

Lekin viloyatda iqtisodiy imkoniyatlar bundan ham ko‘pligi, aholini qiynayotgan ko‘plab masalalar borligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Davlat rahbari Xorazm viloyati hokimi lavozimiga Jo‘rabek Rahimov nomzodini tavsiya etdi.

 

Davlat rahbari nomzodni lavozimga tasdiqlashdan avval uning rejalarini eshitishni taklif etdi. Jo‘rabek Rahimov viloyatda tadbirkorlik, sanoat, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish bo‘yicha rejalarini taqdimot qildi.

 

Oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun berilgan 940 milliard so‘mga qo‘shimcha 100 milliard so‘m yo‘naltirilishi belgilandi. Yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish orqali 57 ming, kasanachilikda salohiyati bor 240 ta mahallada mehnat qurollari va joy masalasini hal qilib, 50 ming, o‘zini-o‘zi band qilish orqali 28 ming aholi bandligini ta’minlash mumkinligi aytildi.

 

Ikkinchi muhim vazifa – oziq-ovqat mahsulotlari balansini ta’minlash. Shu maqsadda “Toshsoqa tizimidagi magistral sug‘orish kanalini tiklash” loyihasining ikkinchi bosqichi boshlanadi. Bog‘ot, Shovot va Yangibozor tumanlaridagi 2 ming gektarda uzum, olma va qovun plantasiyalari, Gurlan va Bog‘otda agrologistika markazlari tashkil etiladi. Parrandachilik, chorvachilik, sutni qayta ishlash loyihalari amalga oshiriladi.

 

Ma’lumki, har bir tumanga kamida 50 million dollar investitsiya jalb qilish vazifasi qo‘yilgan. Viloyat hokimligiga nomzod buning evaziga tumanlarda qanday loyihalar mo‘ljallangani haqida axborot berdi.

 

Davlat rahbari 14 ta yirik sanoat loyihasi infratuzilmasi uchun qo‘shimcha 100 milliard so‘m yo‘naltirish, Urganchda elektrotexnika va farmatsevtika sanoat parklari tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. 20 million dollar investitsiya evaziga “Damas” va “Labo” avtomashinalarini ishlab chiqarish hajmini oshirish vazifasi qo‘yildi. Bu orqali 300 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

 

Sanoat korxonalari va uy-joylarni elektr energiyasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari ham belgilandi.

Ijtimoiy sohani rivojlantirish, maktab va bog‘chalar barpo etish, aholini uy-joy va ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Prezident maktablarda sanitariya holatini yaxshilash, chet tili va kasbga o‘rgatish xonalarini tashkil qilish hamda 12 ta tumanda IT park ochish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

 

Umuman olganda, Xorazmda ijtimoiy muammolarni hal qilishga bu yilgi davlat dasturlarida ko‘zda tutilgan 1,5 trillion so‘mga qo‘shimcha 400 milliard so‘m ajratilishi ma’lum qilindi. Bundan tashqari, agrar soha, ichimlik suvi va tadbirkorlik loyihalariga qo‘shimcha 475 million dollar jalb qilish bo‘yicha topshiriq berildi.

 

Barcha chora-tadbirlar orqali 365 ming aholini daromadli mehnat bilan ta’minlab, Xorazmni ishsizlikdan xoli hududga aylantirish vazifasi qo‘yildi.

 

Taqdimotdan so‘ng viloyat kengashi deputatlari nomzodning rejalari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Tashkiliy masala ovozga qo‘yildi. Uning natijalariga ko‘ra, Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.

 

– Bugun sizlar bilan aholi hayotiga daxldor barcha masalalarga to‘xtalib, zarur mablag‘lar ajratdik, viloyatga yangi hokim tasdiqladik. Endigi vazifa – butun Xorazm eli hokim atrofida jipslashib, mutasaddilar fidoyi va halol bo‘lib, bugun aytilgan reja va tashabbuslarni hayotga, aholi turmush tarziga ko‘chirishi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev sessiya so‘ngida.


Bu ham qiziq

Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

19-noyabr kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ta’limni rivojlantiriş istiqbollariga bağişlangan Erasmus+ eks…
17:52 / 19.11.2026
Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda tibbiy mahsulotlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş doirasida turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida san…
14:39 / 19.11.2026
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017-yildan buyon uch barobar o‘sdi

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017-yildan buyon uch barobar o‘sdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – Turkiya biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengash yig‘ilishi…
13:59 / 19.11.2026
AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

1996-yilda olmos sotuvçisini öldirganlikda ayblanib, ölim jazosiga hukm qilingan Reynaldo Dennesning qatl etilişi bir soatda…
14:46 / 20.11.2026
Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Özbekistonda birlamçi tibbiy yordam sifatini yaxşilaş maqsadida 100 million dollar imtiyozli kredit ajratişni ma…
10:19 / 19.11.2026
O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar va moliyaviy xizmatlar sohasida Turkiya bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda…
14:46 / 19.11.2026
Özbekistonda banklar mijozlarga naqd pul berişni uzluksiz ta’minlaşi şart

Özbekistonda banklar mijozlarga naqd pul berişni uzluksiz ta’minlaşi şart

Özbekistonda aholi va tadbirkorlarning naqd pul oliş huquqini kafolatlovçi yangi tartib joriy etiladi. Unga köra, banklar fu…
16:18 / 19.11.2026
Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş sanoatida xomaşyodan töliq foydalaniş va işlab çiqariş çiqindilarini qayta işlaş böyiça yangi tal…
15:38 / 20.11.2026
Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metropolitenida yölovçilar oqimi oşgani sababli vagon parkini kengaytiriş rejalaştirilmoqda. 2026-yil sentabr–oktabr…
11:50 / 20.11.2026
Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkentda Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning bir…
13:56 / 19.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!