Joriy yilning 13-noyabr kuni soat 16:30 da, "12-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, davlat raqami 01|947 YJA bo‘lgan, MAN rusumli avtobusda yong‘in hosil bo‘lgani haqida xabar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ quyidagilarni ma’lum qiladi:
Ushbu avtobus 2022-yil ishlab chiqarilgan bo‘lib, tasarruf boshidan buyon 97 500 km masofani bosib o‘tgan. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, yong‘in avtobus haydovchisi o‘rindig‘i orqasida joylashgan elektr simlarini birlashgan blok qismida qisqa tutashuv natijasida sodir bo‘lgan. Avtobus kafolat muddatida tasarruf etilayotganligiini inobatga olib, yong‘inning aniq sababi avtobus ishlab chiqaruvchi zavod "TRUSK and BUS MOTORS" MChJ mutaxassislari bilan birgalikda aniqlanmoqda.
Yong‘in qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga soat 16:36 da yetib borib yong‘in bartaraf etilgan. Hodisa natijasida jabrlanganlar va jarohat olganlar yo‘q. Hozirda, “Toshshahartransxizmat” AJning Ishlab chiqarish texnik bo‘limi xodimlari tomonidan ham xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!