$
12831.13 UZS
-55.77
161.07 UZS
0.2
14542.80 UZS
-82.54
29° Kechasi 13°

Yangi yilda qor yog‘adi(mi?)

14:25 / 29.12.2023

“O‘zgidromet” 2023-yil 29-31-dekabr va 2024-yil 1-2-yanvar kunlariga ob-havo prognozini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 29-dekabr kuni respublika hududiga sovuq va nam havo kirib keladi. Kun davomida havo harorati asta-sekin pasayadi, yomg‘ir yog‘ishi davom etib, baʼzi joylarda qorga aylanadi.

Respublika bo‘yicha baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.

30-dekabr, shanba kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha nisbatan sovuq ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning tog‘li hududlarida baʼzi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja, shimolda 6-9 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2-7 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Qayd etilishicha, bu yil ham O‘zbekiston aholisi Yangi yil bayramini qorsiz kutib oladi. 31-dekabr va 1-yanvar kunlari respublikaning barcha hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Kechalari sovuq saqlanib turadi, kunduz kunlari esa havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va 1-yanvarga kelib 10-13 daraja iliqqa yetadi. Quruq ob-havo 2-yanvarda ham saqlanib turadi, lekin biroz sovuq havo kirib kelishi hisobiga kunduzgi harorat 6-9 daraja iliqqacha pasayadi.

Respublika bo‘yicha baʼzi joylarga tuman tushishi kutilmoqda.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda hududlar kesimida o‘rtacha yosh ko‘rsatkichi qanday?

O‘zbekistonda hududlar kesimida o‘rtacha yosh ko‘rsatkichi qanday?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2025-yil 1-yanvar holatiga aholining o‘rtacha y…
14:09 / 28.05.2025
Haj safariga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Haj safariga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘z…
12:58 / 27.05.2025
O‘zbekistonning 9 ta hududida sel xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning 9 ta hududida sel xavfi e’lon qilindi

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod s…
20:47 / 27.05.2025
O‘zbekiston va Janubiy Koreya transport sohasida hamkorlikni kuchaytiradi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya transport sohasida hamkorlikni kuchaytiradi

O‘zbekiston transport vazirligi Koreya Respublikasi yer resurslari, infratuzilma va transport vazirligi (MOLIT) delegatsiyas…
15:18 / 27.05.2025
O‘zbekiston dunyodagi eng xavfsiz mamlakatlar reytingida 26 pog‘ona ko‘tarildi

O‘zbekiston dunyodagi eng xavfsiz mamlakatlar reytingida 26 pog‘ona ko‘tarildi

O‘zbekiston global xavfsizlik va tinchlik reytingida 2024-yil uchun yangilangan ro‘yxatda 60-o‘rinni egalladi. Bu o‘tgan yil…
19:24 / 26.05.2025
29-may uchun ob-havo ma’lumoti

29-may uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 25-27 daraja bo‘ladi.
22:27 / 28.05.2025
Xalqaro qidiruvdagi 3 nafar ayol Ummondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruvdagi 3 nafar ayol Ummondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Interpol liniyasi bo‘yicha xalqaro qidiruvga berilgan uchta ayol Ummondan O‘zbekistonga muvaffaqiyatli ekstraditsiya qilindi…
21:18 / 27.05.2025
O‘zbekiston professional boks federatsiyasiga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston professional boks federatsiyasiga yangi rais tayinlandi

Bilol Erkinov bir ovozdan O‘zbekiston professional boks federatsiyasining yangi raisi etib saylandi.
18:30 / 27.05.2025
28-may uchun ob-havo ma’lumoti

28-may uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 26-28 daraja bo‘ladi.
22:09 / 27.05.2025
Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

Joriy yilning 25 may kuni Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida 64-xalqaro g…
19:33 / 26.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!