AQSh prezidenti Donald Tramp zarurat tug‘ilganda Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy bilan uch tomonlama uchrashuv o‘tkazishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. U bu haqda Oq uyda jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.
Trampdan “hozirda Putin chindan ham urushni tugatmoqchi, deb o‘ylaysizmi?”, deb so‘rashganda u ikki haftadan so‘ng Putin haqiqatan ham urushni tugatmoqchi yoki yo‘qligini “ma’lum qilishini” va’da berdi.
“Buni sizlarga aytolmayman, lekin taxminan ikki haftadan keyin xabar beraman. Tez orada u bizni biror narsaga undayaptimi yoki yo‘qligini bilib olamiz - agar shunday bo‘lsa, biz biroz boshqacha yo‘l tutamiz”, – degan Qo‘shma Shtatlar rahbari.
Tramp “bir necha kun oldin, muzokaralar deb atalayotgan jarayon davomida odamlar o‘ldirilgani” tufayli “hafsalasi pir bo‘lganini” ta’kidlagan.
AQSh prezidenti nima uchun hamon Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etmagani haqidagi savolga Tramp ehtimoliy tinchlik kelishuviga xalaqit bermaslik uchun ekanligini aytib, zarur bo‘lsa Zelenskiy va Putin bilan uchrashishini qo‘shimcha qilgan.
Trampga ko‘ra, Oq uy hozirda AQSh va Rossiya prezidentlarining shaxsiy uchrashuvini tashkil etish ustida ishlamoqda.
“Ushbu bosqichda biz prezident Putin bilan uchrashuv ustida ishlamoqdamiz. Ishlar qanday rivojlanishini ko‘ramiz. Menimcha, hammasi yaxshi, ammo ko‘ramiz”, – degan Donald Tramp.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!