Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida YPX inspektori avtohalokat sodir etib, voqea joyidan qochib ketgan, degan mazmundagi videolar tarqaldi. Ushbu hodisa bo‘yicha Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati Xabardor.uz ga rasmiy munosabat yo‘lladi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 2-yanvar kuni YPX inspektori safdor T.T. o‘ziga biriktirilgan "Lacetti" rusumli xizmat avtomashinasini Furqat tumani Ayritom qishlog‘i hududida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan J.S. boshqaruvidagi "Nexia-2" rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!