Kecha, 24-dekabr kuni soat 20:10 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida, haydovchi 1974-yilda tug‘ilgan B.A. Lixiang avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir ustunga to‘qnashishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan.
Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa natijasida, haydovchi birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
“Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!