$
12482.38 UZS
69.4
155.23 UZS
0.95
14540.72 UZS
154.08
32° Kechasi 17°

Zangiotada erkak sobiq xotinini o‘ldirishga urindi

11:16 / 12.10.2023

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Zangiota tumanida erkak 5 soat davomida xotinini kaltaklab, o‘ldirishga uringani aytilgan xabarlar tarqaldi.

Qayd etilishicha, joriy yil 8-oktabr kuni B.Sh. ismli erkak sobiq ayolini xonaga qamab, ovozi qo‘shnilarga eshitilmasligi uchun televizor va radioning ovozini balandlatgan holda ayovsiz kaltaklagan. Og‘ir oqibatlarga olib keluvchi zarbalardan hushini yo‘qotgan ayolni dugonasining qo‘ng‘irog‘i qutqarib qolgan. Keyinchalik B.Sh. kimdir uyga kelib qolishidan cho‘chigan holda ayolni shifoxonaga olib borib, “agar kimgadir churq etsang, seni ham otang kabi o‘ldirib yuboraman”, deya qo‘rqitgan. Shundan so‘ng, ayol tibbiy tekshiruvlardan ham yolg‘iz o‘zi o‘tgan.

Maʼlumotlarga ko‘ra, ular 2017-yilda oila qurgan va doimiy janjallar tufayli 2019-yilda qonuniy ajrashgan. Ayol bir nafar farzandi bilan uysiz qolgan va huquqshunoslarning maslahati bilan yana sobiq erining uyiga qaytib borgan.

Zangiota tumani “Xo‘jamozor” mahallasida yashovchi fuqaro bilan bog‘liq holat Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining hududiy boshqarmalari boshliqlari – Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Nodira Umarova va viloyat hokimi o‘rinbosari Zuhra Mirg‘oziyevalar tomonidan o‘rganildi.

Ichki ishlar vazirligi, Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda zo‘ravonga nisbatan qonuniy jazo qo‘llash va ayolni sog‘lig‘i to‘liq tiklanib ketishi, tegishli barcha davolash ishlarining amalga oshirilishi masʼullar tomonidan nazoratga olingan.


Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga yetib bordi

O‘zbekiston Prezidenti Tyanszin shahriga keldi
21:51 / 30.08.2025
Joriy yilda ko‘ngilochar sohalarda xizmat ko‘rsatish salkam 15 foizga o‘sdi

Joriy yilda ko‘ngilochar sohalarda xizmat ko‘rsatish salkam 15 foizga o‘sdi

Bu foiz ko‘rsatkichi o‘tgan yilga nisbatan hisoblangan
22:12 / 31.08.2025
Indoneziya prezidenti namoyishchilar talablarini qabul qildi

Indoneziya prezidenti namoyishchilar talablarini qabul qildi

Prezident Indoneziyada noroziliklarning dastlabki manbai bo‘lgan parlament a’zolariga beriladigan nafaqalar bekor qilinishin…
16:43 / 31.08.2025
Bir necha soatlardan keyin 2025-yilgi “Open budjet” loyihasi o‘z yakuniga yetadi

Bir necha soatlardan keyin 2025-yilgi “Open budjet” loyihasi o‘z yakuniga yetadi

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha ovoz berishga ulgurish uchun bu so‘nggi imkoniyat
20:38 / 31.08.2025
AQSh falastinliklarni G‘azodan to‘liq ko‘chirishni rejalashtirmoqda

AQSh falastinliklarni G‘azodan to‘liq ko‘chirishni rejalashtirmoqda

Shu bilan birga, G‘azo sektorini tark etishga qaror qilgan har bir falastinlikka 5000 dollar miqdorida naqd pul, shuningdek,…
13:32 / 01.09.2025
31-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

31-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 15-17 daraja iliq, kunduzi 30-32 daraja issiq bo‘ladi
22:38 / 30.08.2025
1-sentyabrdan nimalar o‘zgaradi?

1-sentyabrdan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekiston qonunchiligida 2025-yil 1-sentyabrdan bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kirdi.
12:25 / 01.09.2025
ShHT sammitida ishtirok etayotgan davlat rahbarlarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

ShHT sammitida ishtirok etayotgan davlat rahbarlarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Mazkur marosim Tyanszin shahridagi “Meyszyan” kongress markazida o‘tkazildi
18:43 / 31.08.2025
Misrda yo‘lovchi poyezd relsdan chiqib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Misrda yo‘lovchi poyezd relsdan chiqib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
11:05 / 31.08.2025
Ertadan maktab direktorlarining oyligi 20 foizga oshiriladi

Ertadan maktab direktorlarining oyligi 20 foizga oshiriladi

Bu Prezidentning tegishli farmoni asosida amalga oshiriladi
22:05 / 31.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!