Donald Tramp ma’muriyati Ukrainaga foydali qazilmalar bo‘yicha “takomillashtirilgan” kelishuvni topshirgan. Bu haqda Axios xabar bermoqda.
Ushbu xabarni ukrainalik va amerikalik amaldorlar tasdiqlagan. Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, bunday variantdagi kelishuvning imzolanish ehtimoli yuqoriroq bo‘ladi.
Qayd etilishicha, Zelenskiyning bir nechta yordamchilari unga yangilangan taklifni imzolashni tavsiya qilgan. Bu esa Tramp bilan munosabatlarning yanada yomonlashishining oldini olishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!